2025 yil 5 noyabr kuni Özbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Çegara qöşinlari qömondoni örinbosari, polkovnik Baxtiyor Möminoviç Mansurov 68 yoşida vafot etdi.
Baxtiyor Mansurov 1957 yil 27 fevral kuni Jizzax şahrida tuğilgan.
40 yildan ortiq umrini mamlakat qurolli kuçlariga bağişlagan Mansurov 1979 yildan mudofaa vazirligi hamda çegara qöşinlarida turli rahbarlik lavozimlarida xizmat qilgan.
U uzoq yillik xizmat faoliyati davomida turli mukofotlarga loyiq körilgan. Xususan, 2024 yilda Çegara qöşinlarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlaş va rivojlantirişga qöşgan hissasi uçun «Özbekiston Respublikasida xizmat körsatgan quruvçi» faxriy unvoni bilan taqdirlangan.




