Afğonistonning Hirot şahrida faqat ayollar uçun möljallangan va ayollar işlaydigan ilk radiostansiya iş boşladi, deb xabar berdi Tolo news portali.

"Hirotda faqat ayollar auditoriyasi uçun möljallangan Nawaye Zan ("Ayol ovozi") radiostansiyasi iş boşladi. Studiyada öndan ortiq ayol jurnalistlar faoliyat yuritmoqda", - deyiladi xabarda.

Radiostansiya direktori Şabnam Karimiyning sözlariga köra, Nawaye Zan "ayollarning ovozi balandroq çiqişi" uçun taşkil etilgan.

Uning ta’kidlaşiça, radiostansiya efirlarida xotin-qizlarning muvaffaqiyatlari hamda hayotda duç kelayotgan qiyinçiliklari haqida hikoya qilinadi.

"Uşbu radiostansiya orqali biz ayollarning fikrini amaldorlar va butun dunyoga yetkazişimiz mumkin böladi", - dedi radiostansiya jurnalistlaridan biri Saadi Niyar Yazdanparast.