Yiğilişda xususiy tibbiyot infratuzilmasini kengaytiriş va investitsiyaviy jozibadorlikni oşiriş böyiça qator çoralar e’lon qilindi. 

Xususan, kelasi yildan tibbiy uskuna, jihozlar va tez yordam maşinalari importi böyiça amal qilayotgan imtiyoz uç yilga uzaytiriladi. Bu klinikalarning texnik bazasini yangilaşni tezlaştiradi.

QQSning bir qismini qaytariş tartibi, avvalo umumiy ovqatlaniş korxonalariga berilayotgan imtiyoz, xususiy tibbiyot taşkilotlariga ham qöllaniladi. Bu xizmat narxlarini barqaror uşlaşga va sarflarni optimallaştirişga xizmat qiladi.

200 mln dollar imtiyozli resurs ajratiladi — tadbirkorlar zamonaviy köp tarmoqli klinikalarni taşkil etiş va jihozlaş uçun uşbu mablağlardan foydalanişi mumkin. Qarzlar 7 yil muddatga, şundan 3 yili imtiyozli davr, stavka — 17 foiz etib belgilanadi.

Uşbu çoralar xususiy sektorda soğlom raqobat va sifatni kuçaytiriş, zamonaviy uskunalar bilan ta’minlaş hamda bemorlar uçun xizmatlarning qamrovi va qulayligini oşirişga qaratilgan.