AQŞ prezidenti Donald Tramp 10 noyabr kuni Oq uyda Suriyaning vaqtinçalik prezidenti Ahmad aş-Şar’a bilan uçraşdi. Xuddi şu kuni Suriya ötiş davri hukumatining axborot vaziri Hamza Mustafo X ijtimoiy tarmoğida Damaşq AQŞ boşçiligidagi xalqaro koalitsiyaga, ya’ni terrorçi IŞID guruhiga qarşi kuraş koalitsiyasiga qöşilganini yozdi va şu orqali “terrorizmga qarşi kuraş va mintaqaviy barqarorlikni qöllab-quvvatlaşda öz hamkorlik rolini mustahkamlaganini” ta’kidladi.

Vazirning aniqlaştirişiça, mazkur kelişuv “siyosiy tusga ega bölib, harbiy tarkibiy qismga ega emas”. Dpa agentligi qayd etişiça, Suriyaning AQŞ boşçiligidagi IŞIDga qarşi koalitsiyaga qöşilişi mamlakat vaqtinçalik prezidenti Ahmad aş-Şar’aning Vaşingtonga safari munosabati bilan kutilgan edi.

2014 yilda IŞID terrorçilari Suriya va qöşni Iroqda katta hududlarni egallagan edi. Bugunga kelib u harbiy jihatdan mağlub etilgan, deb hisoblanadi, ammo taxminan 2500 nafar jangari hali ham Iroq va Suriyada yaşirinib, teraktlar uyuştirişi mumkinligi bildiriladi.

2024 yil oxirida öşa paytdagi prezident Başar Asadni ağdargan Ahmad aş-Şar’a avvalgi faoliyati davrida Abu Muhammad al-Jöloniy nomi bilan tanilgan. U şu nom bilan 2003 yilda AQŞ boşçiligidagi xalqaro terrorizmga qarşi koalitsiya kuçlariga qarşi kuraşişni boşlagan. 2006 yilda u amerikalik harbiylar tomonidan qölga olinib, Iroq qamoqxonalarida beş yil ötirgan.

2011 yilda ozod etilgandan söng aş-Şar’a “Jabhat an-Nusra” — “Al-Qoida”ning Suriya bölimini tuzib, boşqardi. 2017 yilda “Jabhat an-Nusra” “Hay’at Tahrir aş-Şom” deb qayta taşkil etilgan. Yangi tuzilmaning asosiy maqsadi Asadni ağdariş bölgan.

10 noyabr kuni Fox News telekanali efirida aş-Şar’a “Al-Qoida” bilan hamkorligi “ötmişga oid iş” ekanini, Tramp bilan uçraşuvda bu masala muhokama qilinmaganini aytdi.

Ahmad aş-Şar’a Suriya mustaqillikka erişgan 1946 yildan buyon AQŞ prezidenti tomonidan Oq uyda qabul qilingan ilk suriyalik davlat rahbari böldi.

Uçraşuvdan söng Donald Tramp aş-Şar’ani “qudratli lider” deb atadi. Oq uy rahbarining fikriça, aş-Şar’a Suriyani “juda muvaffaqiyatli” mamlakatga aylantira oladi. Şu bilan birga, AQŞ Davlat departamenti Suriyaga nisbatan sanksiyalarni amal qilmaslik muddati 180 kunga uzaytirilganini ma’lum qildi.