Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Ukraina qurolli kuçlari Pokrovskni tark etişi mumkinligini aytib, Donetsk oblasti ğarbidagi uşbu şaharda ukrain harbiylari «juda murakkab vaziyatda qolgani»ni tan olgan.
«Heç kim ularni vayronalar uçun halok bölişga majbur qilmaydi», – degan u Bloomberg uçun intervyuda.
Zelenskiy Pokrovsk mudofaasidagi harbiylarning har qanday qarorini qöllab-quvvatlaşini ma’lum qilgan:
Men u yerdagi askarlarimizni, ayniqsa, komandirlarni vaziyatni nazorat qiliş uçun olişlarini ta’minlaşda qöllab-quvvatlayman. Aks holda bu biz uçun juda qimmatga tuşadi, biz uçun eng muhimi – askarlarimiz hayoti.
Zelenskiyning fikriça, Rossiya Trampni Ukrainada uruşni töxtatiş uçun Donbassdan voz keçişi kerakligiga köndiriş maqsadida Pokrovskni bosib olişga intilmoqda. «Biz Ukraina şarqidan keta olmaymiz. Buni heç kim qabul qilmaydi, odamlarimiz buni qabul qilmaydi, – deydi u. – Va asosiysi, heç kim sizga ular u yoki bu şaharni bosib olgaç, oldinga siljişda davom etmaydi, deb kafolat bermaydi. Töxtatib turuvçi omil yöq».
Pokrovskdagi vaziyat
Şu kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda rossiyalik harbiylar qalin tumandan foydalangan holda Pokrovsk içkarisiga kirib olgani aks etgan videolar keng tarqaldi.
Ukrainaning 7-desant-şturm korpusida ta’kidlanişiça, ob-havo şaroiti, xususan, qalin tuman Moskvani öz harakatlarini faollaştirişga undagan. Rossiyalik harbiylar keyinroq ukrain bölinmalarini qurşab oliş uçun vayrona holatdagi şaharga imkon qadar köproq qöşin kiritmoqda.
Rossiya armiyasi bir yildan oşiq vaqtdan buyon Pokrovskni egallaşga harakat qilib keladi, Volodimir Zelenskiy ham tuman rossiyaliklarga qöl kelgani va vaziyatni murakkablaştirganini aytgan.
Şu kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda virusdek keng tarqalgan videoda rossiyalik harbiylar tumandan foydalangan holda fuqarolik avtomobillari hamda mototsikllarda heç qanday qarşilikka uçramasdan, şaharga kiri kelayotganini köriş mumkin. Videodagi maşinalar va mototsikllar juda eskirganidan kelib çiqib, köplab şarhlovçilar buni kelajakdagi janglar haqidagi «Aqlsiz Maks» fantastik filmidagi kadrlar bilan taqqosladi.
Video şaharga janubdan, Selidove-Pokrovsk trassasi orqali kirib kelişda olingan.
Sönggi kunlarda tuman ukrainlarga havo orqali razvedka işlarini amalga oşirişga tösqinlik qildi, deydi 68-brigadaning «Şerşni Dovbuşa» pilotsiz bölinmasidan bölgan «Gus» laqabli harbiy.
Uning sözlariga köra, aynan şuning uçun Rossiya harbiylari texnikalar kolonnasi orqali hujumga ötişga «jur’at etgan» – havo oçiq kunlarda Ukraina dronlari ularni darhol yöq qilgan bölardi.
Ukrainalik harbiy BBC muxbiri bilan suhbatda uning bölinmasi piyoda va mototsiklda kirib kelişga urinayotgan kiçik rus guruhlarini muntazam ravişda aniqlab, yöq qilayotganini aytgan.
Bu bölinma yakşanba kuni tasvirga olingani aytilayotgan virusli videoda körsatilgan hujumni qaytarişda ham iştirok etgan.
«Gus»ning ta’kidlaşiça, kolonnadagilarning bir qismi yöq qilingan, ammo ob-havo şaroiti tufayli hujumni qaytariş paytida video kuzatuv bölmagan, şuning uçun u butun guruhga zarba berilganiga işonçi komil emas.

7-korpus bayonotida hozir Pokrovskda 300 nafar rus askari borligi aytiladi, lekin Zelenskiy bir hafta oldingi bayonotida ham şunday raqamlarni keltirgandi. Keyinroq paydo bölgan video şuni körsatadiki, bu vaqt içida ularning soni köpaygan bölişi mumkin.
Ukrainaning DeepState monitoring guruhi ma’lumotlariga köra, Rossiya qöşinlari Pokrovskning aksariyat hududlariga kirib kelgan. Ba’zi kuzatuvçilar şahar tez orada qulaşi muqarrar ekanini aytişmoqda.
Şaharning katta qismi hozirda heç bir tomon töliq nazorat qilmaydigan «kulrang hudud» bölib turibdi, deydi «Gus». «Biz bir binoda, duşman esa qöşni binoda pozitsiyani uşlab turgan bölişi mumkin. Ular ortimizga ötişga harakat qilmoqda», – deydi u.
Rossiyaliklar Pokrovsk va qöşni Mirnogradni örab olib, «kotyol» hosil qilişga urinmoqda.
Hali bu kotyol «qopqoq» bilan yopilmagan bölsa-da, rus harbiylari FPV-dronlari yordamida şaharni boşqa hududlar bilan boğlovçi barça yöllarni doimiy ravişda öqqa tutişi mumkin.
Ukraina qöşinlari qurşovga tuşib qolmaslik uçun duşmanni «kotyol»ning şarqiy tomonidagi Suvorov va Rodinskiydan uloqtirib taşlab, Rossiya qanotlari örtasida katta böşliq yaratdi.
Rossiya kuçlari Pokrovskda Ukraina qöşinlarini ta’minlaydigan logistika yönalişlarini kesişga harakat qilmoqda.
«Ular ta’minot yöllariga nafaqat masofadan – dronlar va artilleriya bilan hujum qilmoqda, balki u yerga quruqlikdagi askarlarni ham yubormoqda», – dedi BBC’ga ukrainalik dron operatori.
Bu taktika infiltratsiya deb ataladi va u yetarliça muvaffaqiyatli bölib çiqdi, deydi ukrainalik harbiy tahlilçi Konstantin Maşovets.
Uning sözlariga köra, Rossiya kuçlari birinçi navbatda Ukrainada Rossiyaning kiçik guruhlari harakatini aniqlaş imkonini qoldirmaslik uçun FPV-dron operatorlarini nişonga olmoqda.
Maşovetsning qöşimça qilişiça, rus askarlari ba’zida mahalliy aholi yoki ukrainalik harbiylar kiyimida şahar içkarisiga kirib keladi. Ularning asosiy maqsadi – Ukraina himoyaçilari örtasida tartibsizlik keltirib çiqariş, şundan söng Rossiya armiyasining asosiy kuçlari hujumga ötişi mumkin.
Rossiya harbiylari frontning boşqa uçastkalarida – şimoli-şarqda Kupyanskda va janubda Zaporijjya oblastida ham hujum qilişga urinmoqda.
Birlaşgan kuçlar vakili Viktor Tregubov Moskvaning öz armiyasi Kupyanskni qurşab olişga muvaffaq bölgani haqidagi bayonotini rad etdi, biroq şahar janubida rus qöşinlari borligi va vaziyat murakkabligiça qolayotganini tan oldi.













