Skandinaviya va Boltiqböyida joylaşgan şimoliy Yevropaning sakkiz mamlakati Ukraina uçun AQŞdan qurol-yaroğ sotib oliş maqsadida, asosan Yevropa şeriklari tomonidan moliyalaştiriladigan dastur doirasida 430 mln yevro (500 mln dollar) ajratadi. Mos bayonot 13 noyabr kuni NATO saytida e’lon qilindi.
«Daniya, Estoniya, Finlandiya, Islandiya, Latviya, Litva, Norvegiya va Şvetsiya NATOning PURL taşabbusi doirasida Ukraina uçun AQŞdan 500 million dollarlik harbiy texnika va öq-dorilar paketini birgalikda moliyalaştirişini bugun e’lon qildi», — deyiladi ma’lumotda.
Bu qarorni NATO boş kotibi Mark Ryutte qöllab-quvvatladi. Uning sözlariga köra, «Ukrainada qiş mavsumi boşlanayotgan bir paytda, “juda muhim harbiy texnika” yetkazib berilişi alohida ahamiyat kasb etadi».
«Ukrainaning ustuvor ehtiyojlari röyxati» (Prioritised Ukraine Requiremens List, PURL) dasturi 2025 yil iyulidan boşlab NATO va AQŞ prezidenti Donald Tramp kelişuviga binoan amal qiladi. 17 sentabr kuni Volodimir Zelenskiyning aytişiça, PURL doirasida Ukraina bugungaça 2 mlrd dollardan ortiq mablağ olgan, yil yakunida esa 3–3,5 mlrd dollarga umid qilmoqda. Bu mablağlar hisobiga, jumladan, Patriot havo mudofaa tizimlari hamda HIMARS yalpi öt oçiş reaktiv tizimlari uçun raketalar xarid qilingan.
Bundan köp ötmay Reuters agentligi AQŞ Trampning Oq uyga qaytişidan keyin ilk bor Ukrainaga qurol yetkazib berişni qayta boşlayotgani haqida xabar berdi. Öşanda PURL doirasida mamlakatga yaqin vaqt içida har biri 500 mln dollarlik ikki harbiy yordam paketini yuboriş rejalaştirilayotgani qayd etilgan edi.












