Exploding Topics va Sandvine kompaniyalari hisobotlari har kuni tarmoqda sodir böladigan jarayonlar masştabiga haqiqatan ham real köz bilan nazar taşlaş imkonini beradi.
1. Jönatiladigan elektron xatlar: 333 milliard.
Elektron poçta hanuz internetning eng asosiy xizmatlaridan biri bölib qolmoqda: dunyo böyiça har kuni 333 milliard xat yuboriladi. Messenjerlar va ijtimoiy tarmoqlar ommalaşganiga qaramay, aynan elektron poçta iş yuritiş yozişmalari, raqamli marketing va tranzaksion xabarnomalarning (masalan, çeklar yoki buyurtma haqidagi bildirişnomalar) asosiy kanali bölib qolmoqda.
Biroq Sandvine ma’lumotlariga köra, butun poçta faoliyatining 45 foizidan köproği — spam, ya’ni kuniga 152 milliard kerak bölmagan xat.
2. Jönatiladigan SMS: 24 milliard.
SMS (bu yerda faqat internet orqali yuborilgan xabarlar nazarda tutilmoqda, oddiy mobil aloqa orqali emas) ijtimoiy tarmoqlar fonida kamtar körinsa-da, umuman olganda eskirmadi. Har kuni 24 milliard SMS ikki bosqiçli autentifikatsiya, uçraşuvlar haqida eslatmalar va interneti zaif hududlarda aloqa uçun işlatiladi.
Smartfonlar keng tarqalgan, ammo messenjer ilovalari töliq ustunlikka ega bölmagan mamlakatlarda SMS hanuz mustahkam örinni egallab kelmoqda.
3. Google’da qidiruv sörovlari: 8,5 milliard.
Google har kuni 8,5 milliardta sörovni qayta işlaydi va dunyoning eng köp taşrif buyuriladigan sayti maqomini saqlab turibdi. U milliardlab odamlar uçun asosiy ma’lumot manbai — taom retseptlaridan va şarhlardan tortib, tibbiy belgilar va ilmiy ma’lumotlargaça.
4. Snapchat’dagi “snep”lar: 8,5 milliard.
Snapchat yöqolib ketadigan (vaqtinçalik) vizual kontent sohasida yetakçilikni saqlab qolmoqda — har kuni 8,5 milliardta «snep» yuboriladi.
5. Facebook’da e’lon qilinadigan postlar: 2,5 milliard.
Yangi platformalar raqobatiga qaramasdan, Facebook foydalanuvçilari har kuni 2,5 milliardta post yaratadi. Ösmirlar uçun bu ilova endi unçalik «modada» bölmasa-da, kattalar, kiçik biznes va mahalliy jamoalar orasida u juda ommalaşgan holda qolmoqda.
6. Tinder’da svayplar: 1,6 milliard.
Tinder’da muhabbat (yoki şunçaki qiziqiş) izlaş sekinlaşmayapti — kuniga 1,6 milliard svayp amalga oşiriladi. Tanişuv ilovalari raqamli his-tuyğular ğoyasini butunlay odatiy holga aylantirdi, pandemiya paytidagi izolyatsiya ta’siri esa ularga qiziqişni yanada oşirdi.
7. X (sobiq Twitter)dagi postlar: 500 million.
Rebrendingdan keyin X’da faollik özgargan bölsa-da, platforma hali ham kuniga 500 millionta post qayd etmoqda.
Ilon Maskka tegişli bu platforma hanuz dunyo miqyosidagi onlayn-muhokamalar markazlaridan biri bölib turibdi, ayniqsa siyosat, sport va real vaqtdagi yangiliklar mavzusida. 2024 yilda uzun postlar joriy etilişi va mualliflar uçun monetizatsiya dasturlari foydalanuvçilar faolligini barqaror darajada uşlab turişga yordam berdi.
8. Zoom’da ötkaziladigan uçraşuv soatlari: 151 million.
«Dunyoning istalgan nuqtasidan işlaş» konsepsiyasi endi me’yorga aylandi. Har kuni foydalanuvçilar Zoom’da 151 million soatga yaqin vaqt ötkazadi — masofaviy iş, xalqaro muloqot va gibrid ta’lim formati rivojlanişda davom etmoqda.












