Loyiha bo‘yicha rasmiy kelishuv Italiyada imzolangan.
«Bizning strategik qarashlarimiz — arxitektura, dizayn va mohiyat yagona mazmunda mavjud bo‘lgan muhitni shakllantirishdir. Gianfranco Ferré Home bilan bu g‘oya o‘z ifodasini topmoqda», — deb ta’kidladi Tenet Group butik-developer asoschisi Tuxfatxo‘ja Anvarxo‘jayev.
Gianfranco Ferré Home brendi xalqaro Oniro Group tarkibiga kiradi — bu guruh Roberto Cavalli Home Interiors, ETRO Home Interiors, Jacob & Co Haute Living kabi yirik luxury-dizayn brendlarini birlashtiradi.

Andrea de Felip, Italiyaning Toshkentdagi elchixonasi muvaqqat ishlar vakili:
Italiya kompaniyalarining O‘zbekistondagi muhim tashabbuslarda ishtirok etayotgani quvonarlidir. Bunday loyihalar turli sohalarni birlashtiradi va kelgusi hamkorlik uchun turtki bo‘ladi.

Loyiha doirasida Gianfranco Ferré Home Stellar Residence ko‘p funksiyali premium majmuasining interer yechimlarini ishlab chiqmoqda. Hamkorlik doirasida brend namunaviy apartamentlar, shuningdek, majmuadagi barcha lobbi zonalari uchun eksklyuziv interer konsepsiyasini yaratadi.

Bu yechimlar o‘z ichiga mebellar, yoritish tizimlari va dekorativ elementlarni qamrab oladi. Ayrim mebellar va interer jihozlari faqat ushbu loyiha uchun maxsus ishlab chiqilmoqda — bu Stellar Residence'ni o‘zgacha noyob dizayn yechimlari bilan ajratib turadi. Bu hamkorlik natijasida Gianfranco Ferré Home nafaqat o‘zining xos estetikasini taqdim etmoqda, balki O‘zbekiston interer savdo sohasida yangi darajani belgilayotgani bilan ham ahamiyatli.





