Bişkekda ötgan «ŞHT+» sammiti maydonida aʼzo davlat liderlari özaro uçraşuvlar ham ötkazdi. Rossiya prezidenti Putin va Armaniston boş vaziri Paşinyan OAV uçun oçiq uçraşuv davomida tortişib qoldi. Albatta, tortişuv madaniyat çegarasidan çiqmadi, lekin bayonotlar bir-birini keskin rad etardi...

Referendum masalasi

Paşinyan va Putin kameralar qarşisida 15 daqiqa oçiq uçraşuv ötkazdi. Birinçi bölib Rossiya prezidenti söz oldi va Armaniston iqtisodiyoti Moskvaga qançalik boğliq ekani haqida faktlar keltirdi. Xususan, Rossiyaning Armaniston iqtisodidagi hissasi 30 foizni taşkil etişi, bu borada eng asosiy hamkor ekani, özaro tovar aylanmasi yil boşidan buyon 2,5 milliard dollarni taşkil etgani haqida gapirdi.

Şuningdek, Putin «Armanistondagi eng yirik soliq tölovçi korxonalar Rossiya kompaniyalari ekanini» eslatdi. Rossiya prezidenti Armaniston Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga qöşilganidan keyin mamlakat yalpi içki mahsuloti uç baravarga köpayib, 29 milliard dollardan oşganiga ham eʼtibor qaratdi.

Putinning nutqidagi asosiy mavzu esa tabiiyki Armanistonning Yevropa Ittifoqiga intilişi böldi. Putin oldinroq Yevropaga yuz tutgan Armanistonga Ukrainaning taqdirini eslatgandi. Özaro uçraşuvda Putin Armaniston Yevropa Ittifoqiga qöşilişiga qarşi emasligi, lekin armanlarning Rossiya boşçiligidagi Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqidagi taqdiri mujmal bölib qolişini aytdi. Yaʼni, Putin Paşinyanga navbatdagi marta aniq qilib aytdi: tanlang, yo biz yoki Yevropa!

Rossiya prezidenti bu masalani referendum bilan hal qiliş töğriligi, Paşinyan özaro suhbat vaqtida bunga qarşi emasligi haqida gapirganini eslatdi. Paşinyan esa Armaniston Yevropa Ittifoqiga qöşiliş jarayonini boşlaş töğrisida qonun qabul qiliş orqali referendumga ehtiyoj qoldirmaganini aytdi: «Biz bu qonunni jamoatçilik taşabbusi bilan qabul qildik. Öşa paytdayoq qonunni qabul qiliş orqali amalda referendum ğoyasidan voz keçib bölgandik».

«Bu Rossiyaga qarşi iş emas»

Paşinyan Armanistonning YeIga intilişi mamlakat YEOII tarkibida bölişiga xalaqit beradigan heç qanday omil körmayotganini aytdi: «Biz Armanistonning Rossiya va YeOIIdagi şeriklari bilan kelişuvlar bazasini örganib çiqib, YeIga intilişimiz bu kelişuvlarga heç qanday dahl qilmasligini tahlil qildik. YEOII taşkil etilişi töğrisida kelişuvda ham aʼzo davlat uni tark etmoqçi bölsa, nima qilişi kerakligi aniq keltirilgan. Bu kelişuvda aʼzo davlatni çetlatiş haqida gap yöq. Ittifoqni tark etmoqçi bölgan davlat olti oy avval hamkorlarni bu haqda ogohlantirişi aytilgan xolos».