Tegişli qarorni 31-avgust kuni qirollik boş vaziri va içki işlar vaziri Anutxin Çanvirakun imzoladi, hujjat Qirollik gazetasida (Royal Gazette) eʼlon qilindi. Yangi qoidalar hujjat eʼlon qilinganidan 15 kun ötgaç - 2026-yil 15-sentabrdan kuçga kiradi. Bu haqda Bangkok Post xabar berdi.

Nimalar özgaryapti?

Şu kundan boşlab Tailand 93 ta davlat uçun yagona 60 kunlik vizasiz rejim örniga bir neçta alohida toifani joriy etadi:

  • 30 kunlik vizasiz kiriş - 60 ta mamlakat va hudud, jumladan, Yevropaning aksariyat davlatlari, AQŞ, Buyuk Britaniya, Kanada, Avstraliya, Xitoy, Yaponiya, Rossiya va Isroil fuqarolari uçun;

  • 15 kunlik vizasiz kiriş - ikki davlat (Seyşel orollari va Mavrikiy) fuqarolari uçun;

  • Tailandga borganda olinadigan viza (Visa on Arrival)  - faqat uç davlat: Ozarboyjon, Belarus va Serbiya uçun saqlab qolindi.

Özbekiston bu röyxatlarning birortasiga ham kiritilmadi. Bu esa özbekistonliklar uçun vizasiz rejim butunlay bekor qilinişini anglatadi - 15-sentabrdan boşlab vizani parvozdan oldin, oldindan rasmiylaştiriş kerak böladi.

Nima uçun Tailand qoidalarni kuçaytirmoqda?

Tailand hukumati vakillarining sözlariga köra, viza siyosatining qayta körib çiqilişiga xorijliklar tomonidan vizasiz rejimni suiisteʼmol qiliş holatlari köpaygani sabab bölmoqda - noqonuniy mehnat faoliyati va ruxsatnomasiz biznes yuritişdan tortib, firibgarlik sxemalarida iştirok etişgaça. Şuningdek, «vizaran»larga ham çeklov joriy etilmoqda: endi quruqlikdagi çegara orqali mamlakatga vizasiz bir yilda ikki martadan köp kiriş mumkin emas (Malayziya, Bruney, Indoneziya va Singapur fuqarolari bundan mustasno).

Özgarişlar kimlarga taʼsir qiladi?

Yangi talablar faqat 15-sentabrdan boşlab Tailandga kirib keladigan şaxslarga nisbatan qöllanadi. Bu sanagaça kelgan sayyohlar öziga berilgan 60 kunlik muddatdan töliq foydalanişi mumkin.

Uzbekistan Airways aviakompaniyasi HY531 «Toşkent-Bangkok» reysiga alohida