Nyu-York (AQŞ) Taʼlim departamenti kiçik va örta maktab öquvçilariga öquv jarayonida sunʼiy intellektdan (SI) foydalanişni taqiqlaydi. Bu haqda Amerikaning Politico, The Daily News va The New York Times kabi ommaviy axborot vositalari yozdi.

Ularning maʼlumotlariga köra, departament taqiqni 2-sentabr kuni eʼlon qiladi va u kelasi haftadan kuçga kiradi. Ayrim topşiriqlarni tayyorlaşda sunʼiy intellektdan foydalanişga faqat 9-sinfdan, yaʼni taxminan 13–14 yoşdan boşlab ruxsat etiladi.

Manbalarning xabar berişiça, yangi qoidalar, şuningdek, maktabgaça taʼlim muassasalari tarbiyalanuvçilari va boşlanğiç sinf öquvçilari uçun taʼlim dargohlarida gadjetlardan foydalanişni ham çeklaydi. Yuqori sinf öquvçilariga ham öqişda sunʼiy intellektdan faqat «çeklangan» darajada foydalanişga ruxsat beriladi, biroq ular ayrim kurslarda va baʼzi topşiriqlarni bajarişda undan foydalanişi mumkin böladi. Şu bilan birga, qoidalarda öquvçilarning sunʼiy intellektdan foydalanişi qanday nazorat qilinişi körsatilmagan.

Avvalroq Nyu-York hukumati öquvçilarga bir qator topşiriqlarni, jumladan, tadqiqot va ijodiy loyihalarni tayyorlaşda sunʼiy intellektdan foydalanişga ruxsat beruvçi hujjatni taqdim etgan edi. OAV yozişiça, bu köplab ota-onalar va jamoatçilik tanqidiga sabab bölgan.