«Endi u AQSH nazorati ostida ekan, Hoʻrmuz boʻgʻozini «Tramp boʻgʻozi» deb qayta nomlasak boʻlmaydimi? Xuddi Amerikaning oʻzi kabi, u har qachongidan ham «qaynoqroq» boʻladi!» - deb yozdi u Truth Social ijtimoiy tarmogʻida.

Tramp 14-avgust kuni Eron ustidan gʻalaba qozonilgach, Hoʻrmuz boʻgʻozini Qoʻshma Shtatlar hududi deb eʼlon qilish niyatini maʼlum qilgan edi. Keyinroq u ijtimoiy tarmoqlarda boʻgʻozning AQSH tarkibiga kirganini koʻrsatuvchi xaritani bir necha bor chop etdi.

Tramp ikkinchi prezidentlik lavozimiga kirishganidan keyin uchta yirik geografik obyekt nomini oʻzgartirdi - ammo faqat AQSH hududida rasmiy foydalanish uchun.

2025-yil 20-yanvarda Meksika qoʻltigʻi «Amerika qoʻltigʻi» (Gulf of America) deb, Alyaskadagi Denali togʻi esa yana «Mak-Kinli togʻi» deb nomlandi.

2026-yil 27-avgustda Kanada bilan savdo ziddiyati avjida Ontario koʻli «Amerika koʻli» (Lake America) deb qayta nomlandi.

Yangi nomlar Amerikaning GNIS federal bazasiga kiritilgan va AQSH idoralari tomonidan qoʻllaniladi. Kanada, Meksika va dunyoning aksariyat mamlakatlari bu nomlarni tan olmaydi. Google va Apple xaritalari yangi nomlarni asosan amerikalik foydalanuvchilarga koʻrsatmoqda.

AQSH prezidenti oʻz davlat tizimidagi nomlarni oʻzgartirishi mumkin, biroq butun dunyoni ulardan foydalanishga majburlay olmaydi.