Milliy tibbiyot markazida Özbekiston tibbiyoti tarixida ilk bor bir insondan boşqasiga teri osti yirik vena (vena saphena magna) transplantatsiyasi muvaffaqiyatli amalga oşirildi.
«Qirğizistonlik 71 yoşli ayol oyoqlaridagi oğir qon yetişmovçiligi tufayli amputatsiya xavfi ostida edi. Uning 43 yoşli öğli esa onasini saqlab qoliş maqsadida donor bölib, venasi bemorning pastki oyoq arteriyasiga şunt sifatida köçirib ötkazildi.
Operatsiya Muzaffar Mamatqulov boşçiligidagi yuqori malakali qon tomir jarrohlari jamoasi tomonidan bajarilgan. Tibbiy nuqtayi nazardan, bu allogen vena transplantatsiyasi bölib, murakkab qon aylaniş yetişmovçiligida oyoqni saqlab qolişning eng samarali usullaridan biri hisoblanadi.
Uşbu tarixiy operatsiya bemorning hayotini saqlab qoliş bilan birga, Özbekiston tibbiyotida yangi sahifa oçilganini yana bir bor tasdiqladi», deyiladi MTM matbuot xizmati xabarida.


Hozirda bemorning ham, donorning ham ahvoli barqaror.








