Tramp bilan birga çiqiş qilgan davlat kotibi Marko Rubioning aniqlik kiritişiça, çipta egalari vizaga ariza berganidan keyin 6-8 hafta içida suhbatga kirişi mumkin böladi.
Şu bilan birga, çiptaga egalik viza oliş kafolatini bermaydi.
“Sizning çiptangiz – bu viza emas. U AQŞga kirişingizga kafolat bermaydi”, – dedi Oq uydagi matbuot anjumanida Rubio.
Amerikaning boş diplomatiga köra, çipta egalarining arizasi ham odatiy tartibda, boşqalar bilan bir xil tarzda tekşiriladi. “Yagona farq – biz ularning navbati kelişini tezlaştiramiz”, dedi u.
Futbol böyiça erkaklar örtasida 2026 yilgi Jahon çempionati 2026 yil iyun-iyul oylarida AQŞ, Meksika va Kanada maydonlarida bölib ötadi. Eng köp öyinlar Qöşma Ştatlar hududida böladi.
17 noyabr kuni Oq uydagi matbuot anjumanida qatnaşgan FIFA prezidenti Janni Infantinoning aytişiça, mundial öyinlarini köriş uçun AQŞga 10 milliongaça sayohatçi kelişi mumkin.
Avvalroq AQŞ Davlat departamenti grin-karta lotereyasi bu yil öz vaqtida boşlanmayotganiga izoh berib, dastur saqlab qolinişi, lekin unga texnik özgarişlar kiritilişini ma’lum qilgandi. Lotereya qaçondan boşlanişi hali e’lon qilinmagan.












