Germaniyaning minglab yoş fuqarolari, yangi qoidalarga köra bundesverga çaqirilişi mumkin bölganlar röyxatiga kiritiladi, ular orasida ikki fuqarolik – jumladan Rossiya va Qozoğiston fuqaroligiga ega bölganlar juda köp. Bu haqda 18 noyabr kuni Die Welt gazetasi Federal statistika idorasi ma’lumotlariga tayanib yozgan.
Dekabr oyida Bundestag çaqiruvning yangi qoidalarini tasdiqlaşi kerak: 2026 yildan boşlab Germaniyadagi barça 18 yoşli şaxslar anketa töldirişi, söngra harbiy xizmatga yaroqlilik toifasini aniqlaş uçun şifokor körigidan ötişi lozim böladi. Agar yetarli miqdorda ixtiyoriy xizmatga boradiganlar topilmasa, armiyaga çaqirişni qur’a taşlaş orqali amalga oşiriş rejalaştirilmoqda.
Die Welt aniqlagan ma’lumotlarga köra, 2022 yil may oyi holatiga Germaniyada 2008 yil tuğilgan 340 859 nafar erkak jinsli fuqaro istiqomat qilgan. Ulardan 56 693 nafari GFR fuqaroligidan taşqari yana bir yoki bir neça boşqa fuqarolikka ham ega. Şu jumladan, 3691 nafari Rossiya pasportiga, 1620 nafari esa Qozoğiston pasportiga ega bölgan. Yana 14 463 nafarida Turkiya, 4141 nafarida Polşa, 3857 nafarida Italiya, 1888 nafarida Serbiya, 1640 nafarida Marokaş fuqaroligi bölgan.
Gazeta ma’lumotlariga köra, anketa töldirişda boşqa fuqaroliklar haqidagi ma’lumotni körsatiş talab etiladi. Qonun loyihasini işlab çiqiş bosqiçida Mudofaa vazirligi bu "işonçsizlik ifodasi emas"ligini ta’kidlagan edi: ma’lumot bundesver uçun zarur, çunki gap Germaniya oldidagi majburiyatlar haqida ketmoqda.
Die Welt yozişiça, Ukrainadagi uruş şaroitida Rossiya fuqaroligiga ham ega bölgan bölajak çaqiriluvçilarida sadoqat va maxfiy ma’lumotlardan foydalaniş bilan boğliq muammolar tuğilişi mumkin. Mudofaa vazirligi vakili gazetaga ma’lum qilişiça, birinçi marta ixtiyoriy ravişda xizmatga çaqirilayotganlar uçun "konstitutsiyaga sadoqat böyiça tekşiruv ötkazilişi" lozim.
Yurist Ferdinand Veberning fikriça, ikki fuqarolikka ega bölgan yoşlar tibbiy körikdan söng, ehtimol, xavflar tufayli xizmatga umuman qöyilmasligi ham mumkin. Germaniya Taşqi işlar vazirligi esa GFR va RFning ikki fuqaroligiga ega bölganlarni ançadan beri Rossiyaga safar qiliş xavfli ekani, u yerda ularni Rossiya armiyasiga çaqirib olişlari mumkinligi haqida ogohlantirib kelmoqda.
"Harbiy xizmatni modernizatsiya qiliş töğrisida"gi qonun loyihasi avgust oyi oxirida konservativ XDI/XSI bloki va sotsial-demokratlardan iborat hukmron koalitsiya tomonidan qabul qilingan. Hozirça gap 2011 yilda töxtatib qöyilgan umumiy majburiy harbiy xizmatni töliq tiklaş haqida emas, balki armiyaga köngilli xizmatçilarni jalb etiş haqida bormoqda.
Bundesver harbiy xizmatçilari soni yaqin yillarda 180 mingdan 260 minggaça oşirilişi lozim. Sabab sifatida Rossiyaning Ukrainaga qarşi uruşi va kelasi yillarda RF tomonidan NATOga hujum xavfi qayd etilgan. Qonun loyihasi matnida "Rossiya yaqin kelajakda Yevropada xavfsizlikka eng katta tahdid bölib qoladi", deya ta’kidlangan.












