JÇ-2026 saralaşi doirasida Yevropadagi ötiş bahslari uçun qur’a taşlandi. Qur’a yarimfinal juftliklari va finallardagi ehtimoliy raqiblarni aniqlab berdi. Öyinlar 2026 yil martida bölib ötadi.
Ötiş öyinlariga qaysi jamoalar çiqqan?
Yevropadagi 16 jamoa jahon çempionati yöllanmasi uçun kuraşni davom ettiradi: bular guruhlarda ikkinçi örinni egallagan 12 jamoa hamda UYeFA Millatlar ligasi guruhlarida ğolib bölgan tört jamoa.
Jamoalar pley-offdagi tört setkaga taqsimlandi, har birida – törttadan jamoa. Juftliklar 20 noyabr kuni ötkazilgan qur’a orqali ma’lum böldi. Qur’ani Italiya milliy jamoasi sobiq himoyaçisi Marko Materatssi va şvetsiyalik sobiq hujumçi Martin Dalin tomonidan ötkazildi.
Yarimfinal bahslari 2026 yil 26 martida, finallar – 31 mart kuni bölib ötadi.
Birinçi setka
Italiya – Şimoliy Irlandiya
Şimoliy Irlandiya A guruhida uçinçi örinni egalladi, ammo Millatlar ligasi orqali ötiş öyinlarida qatnaşiş huquqiga ega böldi va endi bu safargi saralaşda ham beqaror öyin körsatgan Italiyaga qarşi öynaydi.
Saralaşning guruh bosqiçida «Skuadra adzurra» Norvegiya bilan ikki öyinni ham boy berdi (0:3, 1:4). Saralaş siklini futbolçilar Luçano Spalletti boşqaruvida Oslodagi yirik mağlubiyat bilan boşlagandi, muvaffaqiyatsizlik Milanda – Jyennaro Gattuzo boşçiligida davom etdi.
Oxirgi tur öyinidan keyin murabbiy şunday sözlar aytdi: «Biz uzr söraymiz. «San Siro»da 1:4 hisobida yutqaziş – yoqimsiz holat. Bu öyinda hali ham kamçiliklar borligi körindi: futbolçilar gol ötkazib yuborişimiz bilan vahimaga tuşib qolişdi».
Uels – Bosniya (juftlik ğolibi öyinini uyda ötkazadi)
FIFA reytingida 32-örinda joylaşgan Uels saralaş bosqiçini yaxşi ötkazib, 16 oçko jamğardi, ammo Belgiyadan (18) ortda qoldi. 2025 yil yorqin ğalaba bilan yakunlandi – oxirgi turda ikkinçi örin uçun raqobatçi bölgan Şimoliy Makedoniya 7:1 hisobida tor-mor etildi.
Ammo bosniyaliklar ham munosib iştirok etişdi: Ruminiya guruhda qoldirib ketildi, sönggi turda guruh peşqadami Avstriya bilan durang hisob qayd etildi (1:1).
Avstriyaliklar ustozi Ralf Rangnik öyindan keyin şunday degandi: «Öyin oğir böldi. Juda oğir. Agar bosniyaliklar şunday öynaşda davom etişsa, ular ham jahon çempionatiga çiqadi».
Birinçi öyinlarda ğalaba qozongan jamoalar finalda özaro bellaşadi (masalan, Italiya va Uels).
Ikkinçi setka
Ukraina – Şvetsiya (juftlik ğolibi öyinini uyda ötkazadi)
Ukraina Fransiya, Islandiya va Ozarboyjondan iborat D guruhida ikkinçi böldi. Sariq-köklar asosiy raqobatçisi Islandiyaga qarşi öyinda ham ğolib böldi : birinçi öyinda 5:3, ikkinçisida – 2:0 hisobi qayd etildi va uşbu raqib kuraşdan çiqarildi.
Şvetsiya esa, aksinça, saralaşni öta muvaffaqiyatsiz ötkazdi. Tarkibda Aleksandr Isak va Viktor Yokereş kabi hujumçilar borligiga qaramay, jamoa olti öyinda atigi ikki oçko jamğardi va faqat Millatlar ligasidagi reytingi evaziga ikkinçi imkoniyatga ega böldi.
Polşa – Albaniya
Polşa doğuli niderlandlarga raqobat taklif qildi va hatto özaro öyinlardan birida ğalabaga yaqin edi, ammo sönggi daqiqalarda Memfis Depay hisobni tenglaştirdi. Yan Urban şogirdlari 17 oçko jamğarişdi va G guruhida ikkinçi örinni egallaşdi.
Albaniya iştirok etgan K guruhida boşqa jamoalar Angliyaga qarşi heç qanday çora topa olmadi, inglizlar sakkiz öyinda ham birorta gol ötkazmasdan ğalabaga erişib, noyob natija qayd etişdi. Guruhda asosiy kuraş ikkinçi örin uçun keçdi va Albaniya Serbiyani bir oçkoga ortda qoldirişga muvaffaq böldi. «Burgutlar»ning serblarni safarda mağlub etişi (1:0) barçasini hal qildi.
Uçinçi setka
Slovakiya – Kosovo (juftlik ğolibi final öyinini uyda ötkazadi)
Slovakiya hal qiluvçi öyinda Germaniyaga yirik hisobda (0:6) yutqazib, A guruhida ikkinçi böldi (12 oçko).
Slovakiyaliklar ustozi Françesko Kalsona şunday dedi: «Nemislarning hozirgi formasidan kelib çiqsa, dunyoning istalgan jamoasi ularga qarşi öynaşga qiynaladi. Men saralaş bosqiçidagi öyinlar uçun yigitlardan minnatdorman – biz vazifani uddaladik».
Kosovoliklar saralaş siklini barqarorlik bilan ötkazişdi: faqat bir marta, guruh favoriti Şveytsariyaga qarşi safarda keçgan birinçi tur öyinida yutqazişdi (0:4), oxirgi turda esa guruh peşqadamligini hal qilib ulgurgan uşbu jamoa bilan 1:1 hisobidagi durangga imzo çekildi. Kosovo Şvetsiyaga qarşi ikki öyinda işonçli ğalabaga erişdi hamda Sloveniya bilan öyinlarda tört oçko qölga kiritdi.
Turkiya – Ruminiya
Ruminiya milliy jamoasi H guruhida uçinçi örinni egalladi va Millatlar ligasi orqali ötiş öyinlarida qatnaşiş imkoniyatiga ega böldi. Turkiya – jiddiy raqib. Vinçenso Montella jamoasi Ye guruhida 13 oçko jamğardi va safarda ispanlarga qarşi keçgan sönggi tur öyinida durangga erişdi – 2:2. Natijada turklar saralaşda tört ğalaba, faqat bittadan durang va mağlubiyat qayd etdi (ikkisi ham guruh favoritlariga qarşi öyinlarda).
Törtinçi setka
Daniya – Şimoliy Makedoniya
C guruhida ança vaqt peşqadamlik qilgan Daniya sönggi tur oldidan guruhdan çiqiş imkoniyatini yöqotib bölgan Belarus bilan öyinda oçko yöqotib (2:2), öziga özi muammo yaratdi. Holbuki öşa turda jamoaning töğridan töğri raqobatçisi şotlandlar ham Gretsiyaga safarda yutqazgandi.
Natijada sönggi turda drama yuzaga keldi: Şotlandiya – Daniya öyinida mehmonlarni durang hisob ham qoniqtirardi, mezbonlarga esa faqat ğalaba kerak edi. Şiddatli keçgan bahsning ikkinçi bölimida ozçilik bölib qolganiga qaramay, skandinavlar 82-daqiqada hisobni tenglaştirişdi, ammo qöşimça daqiqalarda ikki gol ötkazib yuborişdi va Şotlandiyani mundialga kuzatib qöyişdi.
Şimoliy Makedoniya esa J guruhida 13 oçko jamğarib, uçinçi örinni oldi, ammo Millatlar ligasi orqali ötiş öyinlarida qatnaşiş huquqini qölga kiritdi. Jamoa guruhdagi autsayderlar – Lixtenşteyn va Qozoğistonga qarşi öyinlarda tört ğalabaga erişdi, ammo Belgiya va Uelsga qarşi öyinlar qiyinroq keçdi. Jamoaning ötiş öyinlari oldidan formasi u qadar yaxşi emas: jamoa sönggi tört öyinda uç durang qayd etgan (Latviya bilan örtoqlik öyini ham şuning içida) va Uelsdan yirik hisobda (1:7) mağlub bölgan.
Çexiya – Irlandiya (juftlik ğolibi final öyinini uyda ötkazadi)
Çexiya eng oson guruhda iştirok etib, 16 oçko töpladi va ikkinçi böldi. Xorvatiyaga qarşi ikki öyin ham boy berildi va Farer orollariga qarşi öyinlardan birida sensatsion mağlubiyat qayd etildi – 1:2.
Irlandiya esa saralaş siklini aql bovar qilmas darajada ötkazdi: britanlar juda yomon boşlaşgandi (uç turdan keyin bir oçko), keyin esa qatorasiga uç öyinda ğalabaga erişildi (jumladan, Ronaldu boşçiligidagi Portugaliya ham) va sönggi turda Vengriyaga qarşi öyinning 90+6-daqiqasida ötiş öyinlari yöllanmasi yulqib olindi. Troy Perrotning öşa öyindagi het-triki uni milliy qahramonga aylantirdi – uşbu jamoa JÇga çiqiş iştiyoqida yonmoqda.

Qit’alararo ötiş öyinlari
JÇ-2026 uçun yana ikki yöllanma törtta qit’aning ikkinçi imkoniyatga ega bölgan olti vakili örtasida öynaladi.
1-yöl
Yarimfinal: Yangi Kaledoniya (OFK) – Yamayka (KONKAKAF)
Final: Kongo DR (Afrika) – Yangi Kaledoniya/Yamayka juftligi ğolibi
2-yöl
Yarimfinal: Boliviya (Janubiy Amerika) – Surinam (KONKAKAF)
Final: Iroq (Osiyo) – Boliviya/Surinam öyini ğolibi

Öyinlar 2026 yil 23 va 31 mart kunlari Meksikaning Gvadalahara va Monterrey şaharlarida bölib ötadi.












