«Dafn etiş işlarini taşkil etiş va hisobini yuritiş tizimini takomillaştiriş hamda sohada samarali nazorat qiliş mexanizmlarini joriy etiş çora-tadbirlari töğrisida»gi hukumat qarori qabul qilindi.
Qarorga köra, vafot etgan şaxsni dafn etişga ruxsat beriş va röyxatga olişni raqamlaştiriş, mazkur işlarni elektron axborot tizimi orqali monitoring qilişga qaratilgan yangi elektron xizmatlar joriy qilinadi.
2026 yil 1 iyunga qadar «FHDYo yagona elektron arxivi» axborot tizimining «Dafn etiş işlarini röyxatga oliş yagona elektron daftari» moduli va uning mobil ilovasi işlab çiqiladi.
2026 yil 1 martdan vafot etgan şaxsning ölimi qayd etilgandan söng uning eri (xotini), ota-onasi, farzandlarining YaIDXP (my.gov.uz) şaxsiy kabinetiga ölim qayd etilgani haqida QR-kodli ma’lumotnoma bepul yuboriladi. Uşbu QR-kod tuşirilgan ma’lumotnoma gerbli guvohnomaga tenglaştiriladi.
2026 yil 1 iyuldan 31 dekabrgaça Toşkent şahrida eksperiment tariqasida dafn etiş işlarini amalga oşirişning quyidagi tartibi joriy etiladi:
- qabriston mudiri (nazoratçisi) tomonidan vafot etgan şaxsni dafn etişga ruxsat beriş faqat elektron modul yoki uning mobil ilovadan foydalangan holda amalga oşiriladi;
- qabriston mudiri (nazoratçisi) tomonidan dafn etiş işlarini röyxatdan ötkazişni qoğoz şaklida yuritiş tartibi bekor qilinadi.












