Germaniya kansleri Fridrix Mers, Fransiya prezidenti Emmanuel Makron va Buyuk Britaniya boş vaziri Kir Starmer Ukraina rahbari Volodimir Zelenskiy bilan telefon orqali suhbat ötkazdi. Suhbat çoğida ular «Yevropa va Ukrainaning hayotiy muhim manfaatlarini uzoq muddatli himoya qiliş maqsadidan çekinmaslikka kelişib oldi», deb xabar berdi juma, 21 noyabr kuni Germaniya hukumati vakili Ştefan Kornelius.
Berlin, Parij, London va Kiyev «töqnaşuv çiziği özaro tuşunişga erişiş uçun boşlanğiç nuqta hisoblanadi» hamda «Ukraina qurolli kuçlari Ukraina suverenitetini samarali himoya qiliş qobiliyatini saqlab qolişi kerak», degan pozitsiyadan kelib çiqmoqda.
Bu bayonotga AQŞ prezidenti Donald Trampning 28 banddan iborat tinçlik rejasi Zelenskiyga topşirilgani haqidagi xabarlardan söng e’tibor qaratildi. Hujjat hali rasman e’lon qilinmagan, biroq bir qator OAV loyihadan iqtiboslar çop etdi. Ularga köra, Ukraina, jumladan, Rossiyaga hududiy yon bosişi va armiyasini qisqartirişi kutilmoqda. AQŞ va Yevropa mamlakatni tiklaşni moliyalaştiriş majburiyatini oladi, Rossiyaga nisbatdagi sanksiyalar bosqiçma-bosqiç bekor qilinadi, Moskva va Vaşington esa uzoq muddatli iqtisodiy hamkorlik töğrisida kelişuv imzolaydi. Axios ma’lumotlariga köra, reja NATO Şartnomasining 5-moddasiga öxşaş tarzda işlab çiqilgan va AQŞ hamda yevropalik ittifoqçilarni Ukrainaga qilingan hujumni butun «transatlantik hamjamiyat»ga qilingan hujum sifatida qaraşga majbur qiluvçi xavfsizlik kafolatlarini ham öz içiga oladi.
Yevropalik siyosatçilar AQŞning uruşni töxtatiş böyiça sa’y-harakatlarini, xususan, Tramp rejasida Ukraina suverenitetining tan olinişi va Kiyevga işonçli xavfsizlik kafolatlari berişga tayyorlikni olqişladi, deyiladi bayonotda.
Mers, Makron va Starmer «Ukrainani barqaror va adolatli tinçlikka erişiş yölida doimiy va töliq qöllab-quvvatlaşga» işontirdi. «Yevropa davlatlariga, Yevropa Ittifoqiga yoki NATOga taalluqli har qanday kelişuv yevropalik şeriklarning ma’qullaşi yoki ittifoqçilar konsensusini talab qiladi», deb ta’kidladi suhbat iştirokçilari.
Kornelius ular bir-biri bilan, boşqa yevropalik rahbarlar va Vaşington bilan yaqin hamkorlikni davom ettirişga kelişganini qöşimça qildi.
Yevropa komissiyasi (YeK) rahbari Ursula fon der Lyayyen esa öz navbatida AQŞning yangi tinçlik rejasi böyiça «katta yigirmalik» sammiti doirasida maslahatlaşuvlar ötkazişini bildirdi. «Biz vaziyatni ham yevropalik rahbarlar, ham bu yerda, G20 sammitida liderlar bilan muhokama qilamiz», — dedi u Yoxannesburgda ötkazilgan matbuot anjumanida. Sammit 22–23 noyabr kunlari bölib ötişi rejalaştirilgan. YeK raisi, şuningdek, Zelenskiy bilan ham boğlanişini qöşimça qildi.












