Migrantlar bolalarining atigi 19 foizi Rossiya maktablariga kira oldi, dedi «Rosobrnadzor» rahbari Anzor Muzayev. Uning aniqlik kiritişiça, gap kerakli hujjatlar töplamini taqdim etgan va rus tilidan imtihon topşirganlar haqida ketmoqda. Bu haqda RIA xabar berdi.

Qayd qilinişiça, 2,5 oy içida Rossiya maktablariga qabul qilingan voyaga yetmagan çet elliklar soni 6,4 foizga oşdi. Avvalroq «Rosobrnadzor» apreldan avgustgaça 23616 nafar bolaning ota-onasi ta’lim oliş uçun ariza topşirgani haqida xabar bergan edi. Biroq töliq hujjatlar töplami faqat 8223 nafar bola uçun taqdim etilgan. Natijada, 5940 nafar bola test sinovida iştirok etib, 2964 nafari yoki umumiy murojaatçilarning 12,6 foizi muvaffaqiyatli ötdi.

Ta’kidlanişiça, statistik ma’lumotlarga köra, mehmonlar öz farzandini öqişga berişga intilmaydi. Davlat dumasi Rossiyada yaşovçi 638 ming voyaga yetmagan migrantdan atigi 181 mingga yaqini umumiy ta’lim olayotganini ma’lum qildi.

2025 yil 1 apreldan boşlab maktablarga qabul qilişda çet elliklarning farzandlari uçun rus tilini biliş böyiça majburiy imtihon joriy etildi. Muvaffaqiyatli kiriş uçun savollarning 90 foiziga töğri javob beriş kerak. «Rosobrnadzor» testlar har bir sinfdagi bilim darajasini hisobga olgan holda işlab çiqilganiga işontirmoqda. Birinçi sinf öquvçilarining oğzaki nutqi, tuşunişi va asosiy leksik-grammatik könikmalari tekşiriladi, ikkinçi sinfdan boşlab topşiriqlarga öqiş va yoziş kiritiladi. Sinovning maqsadi bolaning amaldagi ta’lim dasturlari doirasida rus tilida öqiş qobiliyatini baholaşdan iborat.

Şu bilan birga, bolalarini Rossiya maktablariga bermoqçi bölgan xorijliklarga ham bir qator hujjatlar talab etiladi. Bola ota-onaning qarindoşligi yoki uning manfaatlarini himoya qiliş huquqi mavjud bölgan taqdirdagina öqişga qabul qilişi mumkin. Bundan taşqari, ular butun oilaning Rossiyada bölişi qonuniyligi töğrisidagi hujjatlarni, xavfli yuqumli kasalliklar yöqligi töğrisidagi tibbiy ma’lumotnomani va öz pasportini taqdim etişi kerak. Barça nusxalar rus tilida bölişi yoki notarial tasdiqlangan tarjima bilan birga bölişi şart. Hujjatlar töliq bölmaganda maktablar arizani körib çiqmasdan qaytaradi.