Polşada temiryöl infratuzilmasiga qarşi diversiyalar işi doirasida Ukraina fuqarosi Vladimir B. qölga olindi. Bu haqda duşanba, 24 noyabr kuni Polşa Milliy prokuraturasi ma’lum qildi. Tergov versiyasiga köra, u diversiya aktlarini tayyorlaşda iştirok etgan va Rossiya maxsus xizmatlari körsatmalari asosida harakat qilgan.

Prokuratura bayonotida qayd etilişiça, Vladimir B.ga «Rossiya razvedkasi manfaatlarida işlaş va diversiyalarning bevosita ijroçilari (Aleksandr K. va Yevgeniy I.)ga 2025 yil 15–16 noyabr kunlari Mika va Golomb aholi punktlari hududida diversiyalar uyuştirişda kömaklaşiş» böyiça ayblov qöyilgan.

Tergov ma’lumotlariga köra, 2025 yil sentabr oyida Vladimir B. Yevgeniy I.ni rejalaştirilayotgan diversiyalar hududiga olib borgan. Bu unga hududni közdan keçiriş, portlovçi modda joylaştiriş uçun nuqtani tanlaş, şuningdek tasvir yozib oladigan qurilma va metall elementni relslarga örnatiş imkonini bergan.

Gumonlanuvçi 20 noyabr kuni Polşa politsiyasining Markaziy tergov byurosi xodimlari tomonidan qölga olingan. 22 noyabr kuni prokuror taqdimiga binoan sud uni qamoqqa oliş töğrisida qaror çiqardi.

Bundan oldin Polşa IIV 15–16 noyabr kunlari Varşava–Lyublin temiryöl yönalişi tizimidagi yöl qismlariga zarar yetkazgan diversiya Rossiya maxsus xizmatlari tomonidan uyuştirilgan bölişi mumkinligini bildirgan edi. Portlaşlar ikki joyda sodir bölgan: Mika posyolkasi (Garvolin şahri yaqinida) va Golomb posyolkasi (Pulavi yaqinida). Zarar körgan liniya Ukrainaga yuklar yetkazib berişni ta’minlaydi.

Polşa boş vaziri Donald Tusk ta’kidlaşiça, portlaşlarda Rossiya maxsus xizmatlari bilan hamkorlik qilgan, ikki nafar Ukraina fuqarosi gumon qilinmoqda. «Aniqlangan şaxslar — Rossiya maxsus xizmatlari bilan uzoq vaqt davomida harakat qilgan va hamkorlik qilgan ikki nafar Ukraina fuqarosi. Bu — bizning maxsus xizmatlarimiz va prokuraturamiz xulosasi, şuningdek ittifoqçi maxsus xizmatlar bilan hamkorlik natijasidir», — degan edi Tusk.

Uning sözlariga köra, har ikki ehtimoliy jinoyatçi kuzda Belarusdan Polşaga kelgan, diversiyadan söng esa Terespol çegara punkti orqali yana Belarus tomon ketgan. Polşa ularning Belarusdan ekstraditsiya qilinişini talab etmoqda.

Taxminiy diversiya yirik avariyalarga olib kelişi mumkin edi, ammo buning oldi olingan. Temiryöldagi uşbu hodisalardan söng Polşa muhim obektlarni qöriqlaş uçun 10 ming harbiy yuboriş va mamlakatdagi Rossiyaning oxirgi boş konsulxonasini yopiş haqida qaror qabul qildi.