FIFA 2026 yilgi Jahon çempionati qur’asi savatlari haqida ma’lumot berdi. Unga köra, Özbekiston milliy jamoasi 3-savatdan örin oldi.

Milliy jamoalar savatlarga quyidagiça taqsimlandi:

1-savat: Kanada, Meksika, AQŞ (mezbonlar), Ispaniya, Argentina, Fransiya, Angliya, Braziliya, Portugaliya, Niderlandiya, Belgiya, Germaniya

2-savat: Xorvatiya, Marokaş, Kolumbiya, Urugvay, Şveytsariya, Yaponiya, Senegal, Eron, Janubiy Koreya, Ekvador, Avstriya, Avstraliya

3-savat: Norvegiya, Panama, Misr, Jazoir, Şotlandiya, Paragvay, Tunis, Kot-d’Ivuar, Özbekiston, Qatar, Saudiya Arabistoni, Janubiy Afrika

4-savat: Iordaniya, Kabo-Verde, Gana, Kyurasao, Haiti, Yangi Zelandiya, Yevropa pley-off jamoalari (A, B, C, D guruhi ğoliblari), FIFA qit’alararo pley-off bosqiç 1 va 2-ğoliblari.

Guruhlarni şakllantirişda har bir savatdan bittadan jamoa olinadi. Şu tariqa, 4 ta jamoadan iborat 12 ta guruh yuzaga keladi. Demak, 3-savatdan joy olgan Norvegiya, Panama, Misr, Jazoir, Şotlandiya, Paragvay, Tunis, Kot-d’Ivuar, Qatar, Saudiya Arabistoni va JAR guruh bosqiçida Özbekistonga raqib bölmaydi. Şuningdek, bitta konfederatsiyadagi jamoalar guruh bosqiçida bir-biriga duç kelmaydi. Faqat UYeFA bundan mustasno, çunki iştirokçilar soni 12 tadan köp.

Guruhda 1- va 2- örinni egallagan jamoalar, şuningdek, uçinçi örinni egallagan jamoalarning eng yaxşi körsatkiçga ega 8 tasi pley-offga çiqadi.

Qur’a taşlaş marosimi 5 dekabr kuni AQŞ poytaxti Vaşingtonda joylaşgan «The Kennedy Center» majmuasida ötkaziladi. Tadbirda ÖFA rahbariyati, Özbekiston milliy jamoasi boş murabbiyi Fabio Kannavaro, murabbiylar ştabi hamda FIFA tomonidan maxsus taklif etilgan özbek futboli afsonasi Mirjalol Qosimov iştirok etadi.

JÇ-2026 bahslari 11 iyundan 19 iyulga qadar AQŞ, Kanada va Meksikada bölib ötadi.