Gap Bruna Kerolayn Ferreyra haqida ketmoqda – u Livittning akasi Maykl Livittning sobiq turmuş örtoği va uning 11 yoşli öğlining onasidir. Bola tuğilganidan beri asosan Nyu-Gempşir ştatida otasi bilan yaşab kelgan, onasi esa u bilan aloqasini saqlab turgan. Ferreyra va Karolayn Livitt bir neça yildan beri bir-biri bilan gaplaşmagani aytilmoqda. 

Içki xavfsizlik vazirligi (DHS)ga köra, Ferreyra 1999 yilda muddati tugagan turistik B2 vizasidan söng AQŞni tark etmagan va «noqonuniy ravişda qolib ketgan braziliyalik fuqaro» sifatida tavsiflangan. Şuningdek, rasmiylar uning oldingi jicmoniy zöravonlik bilan boğliq uşlanişi haqida ham gapirgan. Hozirda u Luiziana ştatdagi ICE hibs markazida saqlanmoqda va deportatsiya qilinadi.

Biroq Ferreyraning advokati Todd Pomerlo bu ma’lumotlarni rad etmoqda. Uning sözlariga köra, mijozining jinoiy ötmişi yöq, va u «jinoiy noqonuniy muhojir» emas. Ferreyra bolaligida ota-onasi tomonidan AQŞga olib kelingan va keyinçalik bolaligida kelgan muhojirlar uçun möljallangan DACA dasturida iştirok etgan. Trampning birinçi prezidentlik muddati davrida uşbu dasturni tugatişga urinişlar sabab u öz maqomini vaqtida uzaytira olmagan. Hozirda esa u AQŞ fuqaroligini qonuniy tartibda oliş jarayonida ekani ta’kidlanadi. 

Ferreyra 12 noyabr kuni Boston yaqinida, Massaçusets ştatida, Nyu-Gempşirdagi öğlini maktabdan olib ketiş uçun ketar ekan töxtatilgan va ICE xodimlari tomonidan uşlangan. U bilan qöşma vasiylik huquqiga ega bölgan Maykl Livitt bu vaziyatda eng katta xavotiri öğlining ruhiy holati va xavfsizligi ekanini aytgan. 

DHS vakillaridan biri AP agentligiga izoh berib, DACA dasturi deportatsiyadan töliq va avtomatik himoya bermasligini, şuningdek, u AQŞda tölaqonli huquqiy maqom taqdim etmasligini eslatdi. Bu iş Tramp ma’muriyatining kuçaygan deportatsiya siyosati hatto Oq uy yuqori lavozimdagi amaldorlariga qarindoş bölgan muhojirlarga ham ta’sir qilayotganini körsatib turibdi.