Oxirgi 2 yilda narxlarning rekord darajadagi qimmatlaşişi fonida Özbekistonning oltindagi aktivlari qiymati 2 barobar yoki 47,8 mlrd dollargaça köpaydi. Mamlakat xalqaro zaxiralarida ham oltinning uluşi 80 foizdan oşdi. Qimmatbaho metalning Özbekiston iqtisodiyotidagi roli qanday? Narxlarning kötarilişi yana davom etadimi yoki pasayiş boşlanadimi?
Oltin ming yillardan buyon boylik, iqtisodiy qudrat ramzi bölib keladi. Oltin ilinjida odamlar dunyoning eng uzoq va boriş qiyin bölgan hududlarini ham zabt etişgan, qançadan qança qonli urişlar yuz bergan. Insoniyat taraqqiyotining hozirgi bosqiçida ham uşbu qimmatbaho metall jahon moliyaviy tizimida özining kuçli ta’sirini saqlab qolyapti. Xususan, söngi yillarda oltin bahosi karrasiga qimmatlaşdi. Bu ralli yana davom etadimi? Qimmatbaho metalning Özbekiston iqtisodiyotidagi roli qanday?
Oltin va Özbekiston
Bir neça kun oldin Markaziy bank Özbekistonning xalqaro zaxiralari haqidagi ma’lumotlarni yangiladi. 1 noyabr holatiga köra, mamlakatning xalqaro aktivlari 59,3 mlrd dollargaça oşdi. Bu mutloq rekord körsatkiçdir. Zaxiralarning 47,8 mlrd dollari yoki 80 foizdan oşiqroq qismi aynan oltin hissasiga töğri kelgan. Bu borada Özbekiston Boliviya va Venesueladan keyingi uçinçi mamlakat hisoblanadi.
Taqqoslaş uçun, 2023 yilning 1 noyabr holatida xalqaro aktivlari 32,9 mlrd dollar, uning tarkibida oltinning uluşi 23,9 mlrd dollar bölgan. Ikki yil oldin qimmatbaho metallning fizik hajmi ham hozirgiga qaraganda köproq edi. Ya’ni narxlarning qimmatlaşişi hisobiga Özbekistonning oltin aktivlari 2 barobarga yoki 24 mlrd dollarga köpaygan.
Bundan taşqari, Özbekiston eng yirik oltin işlab çiqaruvçi va uni eksport qiluvçi mamlakatlardan biridir. Xususan, 2022 yilda 4,1 mlrd dollarlik, 2023 yilda esa 8,2 mlrd dollarlik, 2024 yilda esa 7,5 mlrd dollarlik oltin sotilgan. 2025 yilning 9 oyida bu 9,9 mlrd dollargaça oşgan. Bu umumiy eksportning 37 foizini taşkil etadi. Oltin narxining oşişi eksportdan tuşadigan daromadlarni köpaytirib, taşqi savdo balansiga ijobiy ta’sir körsatadi va budjet taqçilligi kamayişiga yordam berişi mumkin. Şuningdek, oltin narxining oşişi dollar va boşqa valutalarga nisbatan sömning qadrsizlanişini töxtatadi yoki sekinlaştiradi. Şu jihatdan, jahon bozorida tilla narxining har bir tebranişi Özbekiston iqtisodiyotiga bevosita ta’sir qiladi.
Nima uçun oltin narxi keskin qimmatladi?
Odatda oltin narxining keskin ösişi iqtisodiy yoki siyosiy bosimlar bilan boğliq böladi. Masalan, global moliyaviy inqirozdan keyin qimmatbaho metall 1000 dollarga, pandemiya davrida 2 000 dollarga, joriy yilning martida Tramp ma’muriyatining radikal boj siyosati fonida 3 000 dollarga çiqqandi. Jahon savdosida noaniqliklar, AQŞ Federal rezerv tizimi mustaqilligi atrofida xavotirlar va Qöşma Ştatlarning fiskal barqarorligiga doir şubhalar kuçaygani sabab oktabr oyida narxlar 4000 dollardan oşdi. Mutaxassislar bu tendensiya keyingi yillarda ham davom etişini prognoz qilyapti. Masalan, JP Morgan tahlilçilari oltin 2026 yil oxirida 5200 va 5 300 dollar oraliğida bölişini, Goldman Saçs esa bu davrda narx 4 900 dollarga çiqişini kutyapti.
Jahon oltin kengaşi tahlillariga köra, harbiy mojarolardan iqtisodiy keskinliklarga ötiş jarayoni ayniqsa 2022 yildan buyon markaziy banklarning oltin xaridlarini oşiriş tendensiyasini mustahkamladi. Köplab markaziy banklar strategik xaridlarni köpaytirişgan.
Markaziy banklarga oltin nega kerak?
Birinçidan, Markaziy banklar uçun oltinning asosiy rollaridan biri öz zaxirasini diversifikatsiya qilişdir. Juda köp holatlarda oltin AQŞ dollari bilan teskari munosabatda böladi. Ya’ni dollar qiymati pasayganda, oltin odatda kötariladi, bu markaziy banklarga bozor özgaruvçanligi davrida öz zaxiralarini himoya qiliş imkonini beradi. Oxirgi paytlarda xalqaro geosiyosiy jarayonlardagi keskinlik oşişi va jahon iqtisodiyotidagi retsessiya xavfi oltin xarid qiliş hajmi oşişiga ta’sir ötkazdi. Agar asosiy aktivlardan biri zaiflaşsa, boşqasi kuçli bölib qolişi kerak. Zaxiralarini oltin bilan diversifikatsiya qiliş orqali markaziy banklar notinç vaqtlarda öz mamlakatlarining iqtisodiy institutlarini qöllab-quvvatlaşga yaxşiroq tayyor bölişadi.
Ikkinçidan, oltinga inflatsiyaning samarali himoyaçisi sifatida qaraladi. Barqarorlik davrlarida oltin rentabellik keltirmagani sababli investorlar orasida talabga ega bölmaydi. Beqarorlik davrlarida esa uşbu qimmatbaho metall özgaruvçanlik va yuqori inflatsiya fonida jozibador bölib qoladi va uzoq muddatli istiqbolda mamlakat iqtisodiyotiga boğlanmagan qiymat ombori sifatida köriladi. Şu jihatdan ham, inqiroz davrida markaziy banklar dollar, yuan, yevro yoki iyena kabi xorijiy valutalarni emas, balki oltin sotib olişni afzal köradi.
Uçinçidan, davlat qarzlarining global ösişi yoki inflatsiya bilan boğliq xavotirlar oltinning milliy strategiyadagi xavfsiz aktiv sifatidagi ahamiyatini yanada oşiradi. Oltin milliy valutaga nisbatan barqaror aktiv sifatida tavsiflanadi.











