"Biz Ukrainada tergovlar olib borilayotganini tuşunamiz va bu tergovlarga katta hurmat bilan qaraymiz", — dedi Yevropa komissiyasi rasmiy vakili Paula Pinyu juma kuni, 28 noyabrda, Bryusselda ötkazilgan brifingda. U Ukraina prezidenti ofisi rahbari Andrey Yermak uyida Ukraina Milliy antikorrupsiya byurosi (NABU) va Maxsus antikorrupsiya prokuraturasi (SAP) xodimlari ötkazgan tintuvlarga izoh berar ekan şunday dedi. Bu harakatlar "Ukraina antikorrupsiya organlari öz işini bajarayotganini körsatadi", deya ta’kidladi Pinyu.
Uning fikriga Yevropa Ittifoqini kengaytiriş siyosati böyiça Yevrokomissiya vakili Giyom Merse ham qöşildi: "Bu aynan antikorrupsiya organlari haqiqatan mavjud ekani va faoliyat yurita olişi mumkinligini körsatadi", — dedi u. Unga köra, korrupsiyaga qarşi kuraş mamlakatning Yevropa Ittifoqiga qöşilişi uçun tamoman hal qiluvçi ahamiyatga ega şartdir. "Bu uzluksiz sa’y-harakatlarni va kuçli vakolatlarni talab qiladi. Bu – bir neça hafta oldin e’lon qilingan kengaytiriş böyiça hisobotimizda tilga olingan asosiy element", — dedi Yevrokomissiya vakili va Ukrainadagi antikorrupsiya tergovlari atrofidagi vaziyatni bundan keyin ham diqqat bilan kuzatişni va’da qildi.
Ukraina antikorrupsiya organlari xodimlari tintuv ötkazgan Andrey Yermakning öziga nisbatan hozirça rasman gumon e’lon qilinmagan, deb yozadi ukrain OAV manbalarga tayanib. NABU va SAP Yermak uyidagi tintuvni Oliy antikorrupsiya sudi tergov sudyasi qarori asosida ötkazgan. Ukraina prezidenti devoni rahbari öz uyida tintuv bölganini tasdiqladi va antikorrupsiya organlari işiga töliq kömaklaşayotganini bildirdi. "Tergovçilar oldida heç qanday tösiq yöq", — deb ta’kidladi u.
Germaniya hukumati Ukraina rahbariyatidan mamlakatda "mutlaqo izçil, qattiq korrupsiyaga qarşi kuraşni" kutmoqda va bu Ukraina Yevropa Ittifoqiga kiriş yölidagi yana bir muhim şart bölib qolişini ta’kidlamoqda. "Bu sohada sezilarli ilgarilaş bölişi juda muhim", — dedi Germaniya hukumati rasmiy vakili örinbosari Şteffen Mayyer DW savoliga javob berar ekan. "Bu mayda masala emas. Biz uçun bu favqulodda jiddiy ahamiyatga ega masala", — deya qöşimça qildi u.
U, şuningdek, Germaniya kansleri Fridrix Mers rahbarligidagi hukumat Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy, şuningdek, "mas’ul tuzilmalar, jumladan Yevropa Ittifoqi darajasidagi taşkilotlar" bilan korrupsiyaga qarşi kuraş masalasini muntazam muhokama qilayotganini eslatib ötdi.
Şu bilan birga, Şteffen Mayyer Germaniyaning Ukrainaga Rossiyaning davom etayotgan uruşiga qarşi kuraşidagi qöllab-quvvatlaşi kuçida qolişini va korrupsiya mojarosi bunga soya solmasligini ta’kidladi. "Ukraina bizning yordamimizga işonç bildirişi mumkin", — dedi u. "Ukraina har kuni Rossiya agressiyasiga qarşi turibdi: biz har kuni bombalar hali ham yoğilayotganini, jumladan fuqarolik obektlari ham urilayotganini körib turibmiz. Bu bizni bir neça yildan beri eng jiddiy ma’noda band qilib kelmoqda va barça siyosiy sa’y-harakatlarimizni aynan şu uruşga barham berişga, Ukraina mustaqil davlat sifatida kelajakka ega bölişiga qaratyapmiz. Aynan şu narsaga butun diqqat-eʼtiborimiz jam bölgan", — deya qöşimça qildi Mayyer.
NABU va SAP 10 noyabr kuni "Energoatom" kompaniyasi atrofida keng kölamli korrupsiya sxemasini foş etgani haqida ma’lum qildi. Mojaro markazida bir qator ukrain vazirlari, şuningdek, prezident Volodimir Zelenskiyning köp yillik hamkori Timur Mindiç va moliyaçi Aleksandr Tsukerman qoldi. Şu kuni huquqni muhofaza qiliş organlari Mindiç uyida, "Energoatom" kompaniyasida, şuningdek Ukraina adliya vaziri German Galuşçenko xonadonlarida tintuv ötkazdi. Mindiçning özi avvalroq Ukraina hududini tark etgani xabar qilingan.
Zelenskiy 12 noyabr kuni ikki kun avval vazifasidan çetlatilgan adliya vaziri German Galuşçenkoni va energetika vaziri Svetlana Grinçukni vazifasidan ozod etişni talab qildi. Oliy Rada 19 noyabr kuni har ikkala vazirni iste’foga çiqariş uçun ovoz berdi. Mindiç va Tsukermanga nisbatan Zelenskiy farmoni bilan sanksiyalar joriy etildi.












