Opta Analyst statistik portali dunyo terma jamoalarining 2026 yilgi futbol böyiça jahon çempionatida ğolib çiqiş imkoniyatlarini baholadi.
Opta superkompyuteri taqdim etgan ma’lumotlarga köra, Ispaniya milliy jamoasining 2026 yilgi jahon çempionatida ğolib çiqiş imkoniyati eng yuqori (17 foiz).

Ikkinçi örinni Fransiya milliy jamoasi (14,1 foiz) egalladi. Uçinçi örinni superkompyuter Angliyaga (11,8 foiz) berdi.
E’tiborlisi, jahon çempionatining avvalgi ğolibi, ya’ni Argentina milliy jamoasiga Opta superkompyuteri reytingning faqat 4-poğonasini (8,7 foiz) bergan.
Tarixda birinçi marta jahon çempionatida iştirok etadigan Özbekiston milliy jamoasi imkoniyatlari juda past baholangan – atigi 0,2 foiz. Bu Tunis, Şotlandiya, Janubiy Afrika, Avstraliya va Eron imkoniyatlari bilan teng.
Umuman olganda JÇ-2026 iştirokçilari yarmidan köpining (26 tasi) imkoniyatlari 1 foiz ham emas.
Eslatib ötamiz, JÇ-2026 bahslari 11 iyundan 19 iyulga qadar AQŞ, Kanada va Meksikada bölib ötadi. Musobaqaga qur’a taşlaş marosimi 5 dekabrga reja qilingan.












