Germaniya kansleri Fridrix Mers Rossiyaning Ukrainaga qarşi uruşiga çek qöyiş böyiça ehtimoliy kelişuvga erişiş jarayonida Yevropaning yagona pozitsiyasi muhim ekanini ta’kidladi.
«Ukraina böyiça oldimizda muhim kun va haftalar turibdi, biz ularga yaqin hamkorlikda kirib boramiz», — dedi u duşanba kuni, 1 dekabrda, Berlinda Polşa boş vaziri Donald Tusk bilan uçraşuvda. Uçraşuv doirasida Fransiya prezidenti Emmanuel Makron, Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy va boşqa şeriklar bilan telefon muloqoti ham bölib ötdi.
Mers Ukrainadagi mojaroni tinç yöl bilan hal qiliş va Kiyevni qöllab-quvvatlaş masalalaridagi ixtiloflar tufayli Yevropa birligini buzişga yöl qöymaslikka çaqirdi.
«Fransiya, Buyuk Britaniya, Italiya va boşqa mamlakatlar bilan birgalikda Yevropada heç kim va heç narsa mojaro yuzaga keltirmasligi uçun maxsus mas’uliyatni öz zimmamizga olamiz», — dedi u.
Mersning sözlariga köra, strategik maqsadlardan biri — Rossiyaning hali ham davom etayotgan harbiy tajovuziga qarşilik körsatayotgan Kiyevni qöllab-quvvatlaş uçun barça çoralarni körişdir.
«Hozir biz qölimizdagi eng kuçli dastakdan foydalanib, nihoyat Moskvani muzokaralar stoliga ötqazişni xohlayapmiz», — dedi kansler.
Şuningdek, u Ukraina şeriklari YeI darajasida Rossiyaning muzlatilgan aktivlaridan foydalaniş masalasida kelişuvga erişişni, şu bilan birga Kiyevga “majburan qabul qildirilgan tinçlik” variantlariga yöl qöymaslikni közlayotganini bildirdi.
Yevropa Komissiyasi raisi Ursula fon der Lyayyen esa Yevropa yetakçilari va Volodimir Zelenskiy bilan bölib ötgan muzokaralarni ijobiy baholadi hamda yevropaliklarning Ukraina uçun adolatli tinçlik kelişuviga erişişdagi birdamligini ta’kidladi.
Uning ta’kidlaşiça, bunday kelişuv doirasida Ukraina suvereniteti töliq saqlanişi va unga kafolatlangan xavfsizlik ta’minlanişi lozim. Bu haqda u X ijtimoiy tarmoğida yozdi.
Fon der Lyayyen, şuningdek, Kiyevni moliyaviy qöllab-quvvatlaş çoralari davom ettirilişini va “Köngillilar koalitsiyasi” (Coalition of the Willing) doirasida hamkorlikni kuçaytirişni va’da qildi.
«Biz Ukrainaning mudofaa salohiyatini mustahkamlayapmiz — bu bir vaqtda özimiznikini ham mustahkamlaşdir», — deb qöşimça qildi u.
YeIning taşqi işlar va xavfsizlik siyosati böyiça oliy vakili Kaya Kallas Rossiya boşlab bergan uruşni töxtatiş uçun Ukraina majbur bölib qandaydir yon bosişga majbur etilişi mumkinligidan xavotir bildirdi.
«Agar biz bu uruş tugaşini va bir neça yildan söng yana boşlanmasligini istasak, agar uning yanada kengayib ketmasligini xohlasak, agressiya qilgan tomon — Rossiyaga maksimal bosim ötkazişimiz kerak», — dedi Kallas YeI mudofaa vazirlari uçraşuvidan söng.
Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Yelisey saroyida Volodimir Zelenskiyni qabul qilar ekan, Rossiyaning Ukrainaga qarşi uruşiga çek qöyiş rejasi faqat Kiyev va Yevropaning qatnaşuvi bilan yakuniy şaklga yetişi mumkinligini ta’kidladi.
«Aniq qilib aytganda, hozir heç qanday töliq birlamçi hujjat yöq, xususan hududiy masalalar böyiça. Uni faqat Zelenskiy prezident sifatida ma’qullaşi mumkin», — dedi u.
Makron Rossiyaning muzlatilgan aktivlari, Ukraina xavfsizligi uçun kafolatlar, uning YeIga a’zo bölişi va Yevropa sanksiyalari kabi masalalar faqat yevropaliklar bilan birgalikdagi muzokaralar orqali kelişib olinişi mumkinligini qöşimça qildi.
U, şuningdek, YeI Rossiyaning muzlatilgan aktivlaridan foydalaniş böyiça kelişuvga keladi, deya işonç bildirdi. Biroq bu mablağlar Belgiya hududida saqlanayotgani sababli, Belgiya tomonining e’tirozlarini ham tuşunişini aytdi.
Fransiya prezidentining sözlariga köra, maqsad — kelasi Yevropa kengaş yiğilişigaça, Rojdestvodan oldin bölib ötadigan sammitga qadar mazkur masala yuzasidan kelişuvga erişişdir.
Italiya boş vaziri Jorja Meloni ham Makron va Zelenskiy bilan muzokaralarda qatnaşib, Ukrainada tinçlikka erişiş yöli böyiça AQŞ va Yevropaning pozitsiyalarini yaqinlaştiriş zarurligini qayd etdi.
U, şuningdek, Volodimir Zelenskiyning uruşga çek qöyiş böyiça muzokaralarda «izçil va konstruktiv yondaşuvini» maqtab, Rossiya zarur kelişuvlarga erişiş yölida aniq amaliy qadamlar taşlaşiga umid bildirdi.
Fransiya va Ukraina prezidentlari 1 dekabr kuni Yelisey saroyida bir neça soat davom etgan muzokaralar ötkazib, Kiyev va Moskva örtasidagi ehtimoliy tinçlik kelişuvi şartlarini muhokama qildi. Ular, ayniqsa, AQŞ tinçlik rejasiga va bir kun oldin Floridada Ukraina va AQŞ delegatsiyalari örtasidagi muzokaralar natijalariga alohida e’tibor qaratdi.
Uçraşuv çoğida ular bir qator Yevropa yetakçilari va NATO boş kotibi Mark Ryutte bilan telefon orqali muloqot olib bordi.












