Xalqaro kosmik stansiya (XKS) tarixda birinçi marta kosmik kemalar bilan töliq band böldi. NASA vakillari XKS hozirgi konfiguratsiyasidagi barça sakkizta ulaniş nuqtasi işlatilayotganini tasdiqladi - bunday holat hali bölmagan.

Stansiya şunçalik band bölib qoldiki, yaqinda NASA Cygnus yuk kemasini vaqtinça çetga surişga majbur böldi. Bu NASA astronavti Kris Uilyams va «Roskosmos» kosmonavtlari Sergey Kud-Sverçkov va Sergey Mikayevni orbitaga olib çiqqan «Soyuz MS-28» kemasi uçun joy böşatiş maqsadida amalga oşirildi.

Ular kelişidan oldin NASA Hyustondagi parvozlarni boşqariş markazi Canadarm2 robot qöli yordamida Cygnus yuk kemasini ehtiyotkorlik bilan çetga surdi. Bunday manyovrlar kamdan-kam uçraydi, lekin boşqa iloji yöq edi.

Stansiyada Rossiyaning «Priçal» moduliga ulangan «Soyuz MS-27» kemasi ham bor. Biroq u tez orada, 8 dekabr kuni Yerga qaytadi. Uning bortida NASA astronavti Jonni Kim va «Roskosmos» kosmonavtlari Sergey Rijikov va Aleksey Zubritskiy qaytadi. Qöniş Qozoğistonda amalga oşiriladi.

Qolgan beşta kema - Rossiyaning «Progress M-92» va «Progress M-93» yuk kemalari bölib, ular «Poisk» va «Zvezda» modullari yonida, Yaponiyaning HTV-X1 kemasi «Garmoniya» moduli porti yonida, şuningdek, SpaceX kompaniyasining ikkita Dragon kapsulasi ham bor.

XKS resursi asta-sekin tugab bormoqda. Stansiya faoliyatini töxtatişning boşlanişi 2027 yilga möljallangan bölib, taxminan 2030 yilgaça davom etadi. Şundan söng, u orbitadan çiqariladi va Tinç okeaniga çöktiriladi. Ungaça yangi orbital stansiyalar paydo böladi.