Çexiya prezidenti Petr Pavel, Andrey Babiş öziga tegişli bölgan mamlakatdagi eng yirik köp tarmoqli konsern — Agrofert’dan voz keçib, manfaatlar töqnaşuvi masalasini hal qilgandan söng, uni boş vazir lavozimiga tayinlaşini bildirdi. Davlat rahbari bu haqda payşanba, 4 dekabr kuni, özining X ijtimoiy tarmoğidagi sahifasida ma’lum qildi.
«Andrey Babişning aniq va tuşunarli yondaşuvini yuqori baholayman. U bizning kelişuvimizni bajardi va manfaatlar töqnaşuvini hal etiş yölini omma oldida e’lon qildi. Şu munosabat bilan men uni seşanba, 9 dekabr kuni soat 9:00 da boş vazir etib tayinlaş töğrisida qaror qabul qildim», — deb yozdi Pavel.
Bu xabardan taxminan bir soatça oldin Babiş özining X sahifasida prezidentning boş vazir etib tayinlaş şartini bajarişini, ya’ni Agrofert’dan «qaytarilmas tarzda voz keçişini» e’lon qilgan video joylaştirdi. Milliarder qöşimça qilişiça, u hatto siyosatdan ketganidan keyin ham korxona boşqaruvini qayta qölga olmaydi. Uning sözlariga köra, 250 dan ortiq kompaniyani öz içiga oluvçi konsernni mustaqil şaxslar boşqaradi, u vafot etganidan keyin esa kompaniyani uning farzandlari meros qilib oladi.
Oktyabr oyi boşlarida ötkazilgan ikki kunlik saylovlar natijalariga köra, mamlakat parlamentining quyi va eng nufuzli palatasi — deputatlar palatasining yangi tarkibi tört yilga şakllantirildi va eng köp ovozni (34,51 foiz) Babiş boşçiligidagi öng «Norozi fuqarolar aksiyasi» (ANO) partiyasi töpladi. Ilgari milliarder Çexiya moliya vaziri (2014–2017) va boş vaziri (2017–2021) sifatida işlagan, sönggi yillarda esa muxolifatda qolayotgan edi.
Noyabr oyida ANO yana ikki öng partiya bilan koalitsiya kelişuvini imzoladi — ulardan biri «Avtomobilçilar» bölib, uning eng taniqli a’zolaridan biriga rasizm hamda boşqa ayblovlar qöyilgan. Ikkinçisi esa NATO va YeIni tanqid qiladigan, parlamentning yangi spikeri Tomio Okamura rahbarlik qilayotgan «Erkinlik va töğridan töğri demokratiya» partiyasidir. Uşbu uç siyosiy kuç vakillari deputatlar palatasidagi 200 örindan 108 tasini egallaydi.












