China Eastern Airlines aviakompaniyasi Xitoy va Janubiy Amerika örtasidagi yöl vaqtini tört soatdan köproqqa qisqartirib, eng uzoq tijoriy yölovçi taşiş böyiça yangi jahon rekordini örnatdi. Bu haqda Newsweek xabar berdi.
Aviasozlik sohasidagi sönggi yutuqlar, ayniqsa Airbus A350 va Boeing 787 kabi tejamkor öta uzoq masofali modellarning paydo bölişi aviakompaniyalarga uzoq masofali bevosita reyslarni taklif qiliş imkonini berdi.
China Eastern Airlines aviakompaniyasining MU745 reysi Şanxayning Pudun xalqaro aeroportidan 4 dekabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 2:19 da uçib ketdi va Buenos-Ayresdagi Pistarini xalqaro aeroportiga birinçi reysini boşladi, deb xabar berdi davlat aviakompaniyasi ijtimoiy tarmoqlarda.

Yönalişga Boeing 777-39P samolyoti xizmat körsatadi, u reysni davom ettirişdan oldin yoqilği quyiş va ekipajni almaştiriş uçun Yangi Zelandiyaning Oklend şahrida rejalaştirilgan qönişni amalga oşiradi.
25 soat 30 daqiqa davom etadigan va 20 ming kilometr uzunlikdagi yangi Şanxay-Oklend-Buenos-Ayres yönalişi avvalgi rekorddan oşib ketdi - Xiamen Airlines aviakompaniyasining Nyu-Yorkdagi Jon Kennedi xalqaro aeroportidan Xitoyning Futszyan provinsiyasidagi Fuçjou Çanle xalqaro aeroportiga bevosita parvozi 19 soat 20 daqiqa davom etgan.
Singapore Airlines tomonidan amalga oşiriladigan uçinçi va törtinçi eng uzun bevosita tijorat reyslari şahar-davlatni Nyu-Jyersidagi Nyuark Liberti xalqaro aeroporti (19 soat 10 daqiqa) va Jon Kennedi aeroporti (18 soat 55 daqiqa) bilan boğlaydi. Keyingi yönaliş Air New Zealand aviakompaniyasiga tegişli va Oklenddan Jon Kennedi aeroportiga 17 soat 45 daqiqa davom etadi.
Global Times davlat gazetasi ma’lumotlariga köra, Şanxay-Oklend-Buenos-Ayres yangi reysi oçilişidan oldin Şimoliy Amerika yoki Yevropa orqali ötuvçi «şimoliy yönaliş» parvoz vaqti taxminan 30 soat davom etgan.
China Eastern Airlines öz bayonotida şunday deb yozdi: «Uşbu 20 ming kilometrlik yangi yönaliş Şanxay va Janubiy Amerikaning yirik şaharlari örtasidagi bevosita reyslardagi böşliqni töldiradi. U Tinç okeanining qarama-qarşi qismlarini boğlaydigan «janubiy yölakni» oçadi va uç qit’a örtasidagi havo transporti tizimini özgartiradi».
Aviakompaniyalar öta uzoq masofali parvozlar çegaralarini kengaytirişda davom etişi kutilmoqda.












