Prezidentning qişloq xöjaligi sohasi vakillari bilan muloqotida ta’kidlanişiça, sönggi uç yilda mamlakatda 155 ming gektar yangi boğ va tokzorlar barpo etildi, intensiv boğlar maydoni 150 ming gektarga yetkazildi. Şu asosda joriy yilda 3,4 million tonna meva, 2 million tonna uzum, 19,5 million tonna sabzavot, poliz mahsulotlari va kartoşka, 1 million tonna dukkakli va moyli ekinlar yetiştirildi.
Qişloq xöjaligi mahsulotlari hisobidan içki bozorda narxlar barqarorligi ta’minlanmoqda, şu bilan birga soha töqimaçilikdan keyingi eng köp valuta tuşumi keltirayotgan yönalişga aylandi. Oziq-ovqat eksporti yil yakuniga qadar tarixda ilk bor 3,2 milliard dollardan oşişi kutilmoqda.
Meva-sabzavot mahsulotlarimiz eksporti geografiyasi ham kengayib bormoqda: ular kirib boradigan davlatlar soni yana 18 taga köpayib, jami 83 taga yetdi. Quritilgan olxöri va örikdan taşqari, Özbekiston şaftoli va mayiz eksporti böyiça dunyoda 7-örin, gilos böyiça 8-örin, uzum böyiça esa 13-örinni egallamoqda.












