Toşkent viloyati Piskent tumanida, Toşkent dengiziga yaqin hududda köplab daraxtlar kesib taşlangani haqda Kun.uz'ga videomurojaat kelib tuşdi.

Video 7 dekabr kuni olingan. Unda daraxtlar köp yillik bölgani, har yoqda şox-şabba va tönkalar soçilib yotgani körinadi.

“Mana bunga qarang, qanday daraxtlarni kesib taşlaşdi. Bu nimasi? Bu Toşkent dengizi [hududida] bölgan. Köryapsizmi, hammasini yöq qilişgan. Qani bizning ekologiya [rasmiylari], daraxtlar qança kislorod beradi. Şundoq ham havo juda ifloslangan. Bu yerda esa barça daraxtlarni yöq qilib turişibdi.

Biror çora köringlar, tabiatni himoya qilinglar. Bu yer yaşil hudud edi. Bu daraxtlarni nima uçun kesişdi? Ayni şu daraxtlarni östirişga 20-30 yil ketadi”, – dedi murojaat yöllagan odam.

Daraxtlar nima sabab bilan kesilgani ma’lum emas. Kun.uz bu borada Ekologiya va iqlim özgarişi milliy qömitasiga sörov yubordi.