AQŞ prezidenti Donald Trampning sözlariga köra, Ukraina tarafdori bölgan Yevropa ittifoqçilari bilan telefon orqali muloqot çoğida oğzaki tortişuv röy bergan. Çorşanba, 10 dekabr kuni jurnalistlar bilan suhbatda u Germaniya kansleri Fridrix Mers, Buyuk Britaniya boş vaziri Kir Starmer va Fransiya prezidenti Emmanuel Makron bilan bölgan suhbati haqida gapirar ekan, şunday dedi: «Biz Ukraina masalasini ança keskin sözlar bilan muhokama qildik».

«Menimça, bizda ayrim şaxslar yuzasidan kiçik kelişmovçiliklar böldi. Va biz: “Uçraşişdan oldin, buning nimalarga olib kelişini kutaylik”, dedik», — deb tuşuntirdi Oq uy rahbari. Donald Tramp «keskin sözlar» deganda nima nazarda tutganini aniqlaştirmadi.

Trampning sözlariga köra, Yevropa rahbarlari hafta oxirida Yevropada Ukrainaga bağişlangan uçraşuv ötkazmoqçi bölib, unda AQŞ vakillari ham iştirok etişini istagan. Unda Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy ham qatnaşişi kutilmoqda.

«Biz qarorni ular nima bilan qaytib kelişiga qarab qabul qilamiz. Biz vaqtni befoyda sarf qilişni istamaymiz», — deya urğu berdi AQŞ prezidenti.

U yana bir bor Zelenskiyni Ukrainada saylov e’lon qilişga va Rossiya bilan tinçlik bitimi imzolaşga çaqirdi. «Zelenskiy realist bölişi kerak», — dedi Donald Tramp.

Oq uy rahbari sönggi kunlarda Ukraina prezidentini keskin tanqid qilgan hamda uni hozirgi harbiy qonunçilikka köra ötkazib bölmaydigan prezidentlik saylovlarini ötkazişga çaqirgan edi.

Volodimir Zelenskiy esa Tramp tanqididan söng, prinsipial jihatdan prezidentlik saylovlariga tayyorligini, lekin ularni ötkaziş uçun avval ikki masalani hal etiş kerakligini aytdi.

Birinçi — AQŞ ma’muriyati va Yevropa hamkorlari saylovlar xavfsizligini ta’minlab berişi lozim. Ikkinçisi — xalq irodasining legitimligi uçun zarur bölgan qonuniy asosni yaratiş. Zelenskiyning sözlariga köra, u Oliy rada deputatlaridan harbiy holat şaroitida saylov ötkaziş imkoniyatini körib çiqadigan huquqiy asos va saylov töğrisidagi qonundagi özgartişlar böyiça qonun loyihalarini tayyorlaşni söraydi.