Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy öz ofisi rahbarligi uçun nomzodlarni ma’lum qildi. Bu lavozim noyabr oyi oxirida, yaqin vaqtlargaça mamlakatda prezidentdan keyingi ikkinçi eng nufuzli şaxs hisoblangan Andrey Yermak iste’foga çiqarilgaç, böş qoldi. Yermak «Energoatom» davlat kompaniyasidagi öğriliklar böyiça şov-şuvli iş doirasida ötkazilgan tintuvdan keyin işdan böşatildi. Ukraina prezidenti ofisining yangi rahbari böliş uçun nomzodlar röyxatidan beş nafar mulozim örin olgan. «Meduza» ularning har biri haqida hikoya qildi.

Denis Şmigal
Ukraina mudofaa vaziri

Rossiyaning Ukrainaga keng kölamli bosqinidan oldin Şmigal Ivano-Frankovsk oblastini boşqargan (2019–2020 yillar), şuningdek, qisqa muddatga boş vazir örinbosari – regionlar va obşçinalarni rivojlantiriş vaziri (2020 yil fevral–mart oylarida) bölib işlagan. 2020 yil martidan 2025 yil iyuliga qadar Şmigal Ukraina hukumati rahbari edi, sönggi yarim yilga yaqin vaqt davomida mamlakat mudofaa vaziri lavozimini egallab kelmoqda.

Uruş davrida Ukrainadagi va ğarbdagi naşrlar Zelenskiy va Şmigal örtasidagi munosabatlarga turliça baho bergan. 2024 yil yozida «Ukrainskaya pravda» prezident undan «çarçagani» va uni boş vazir lavozimidan ketkazmoqçi ekani haqida yozgandi. «Prezident Şmigaldan çarçadi, bu majlislardagi munosabatdan körinib turibdi. Endi uni alohida e’tibor bilan tinglamayapti ham.
Bu hisob-kitobdan köra köproq hissiyot masalasi... Zelenskiy doimo qandaydir kreativ yeçimlar va takliflarni xohlaydi, Şmigal esa sönggi yillarda ösgan bölsa-da, töliq özgara olmayapti», – degandi naşr manbalaridan biri.

Şu bilan birga, Bloomberg manbalari 2025 yil iyulida Şmigalni Ukrainaning muhim ittifoqçisi sanalgan AQŞdagi elçisi lavozimi uçun nomzodlar qatorida keltirgandi.

«Novaya gazeta Yevropa» naşrining Kiyevdagi muxbiri Olga Musafirova qayd etganidek, Şmigal boş vazir lavozimida «yirik mojarolardan çetda turdi» va «yaqqol xatolarga yöl qöymadi».

Mixail Fedorov
Boş vazirning birinçi örinbosari – raqamli transformatsiyalar vaziri

Mykhailo Fedorov / AP / Scanpix / LETA

Fedorov Zelenskiyning 2019 yilgi saylovlar çoğidagi prezidentlik kampaniyasida digital-yönalişga rahbarlik qilgan. Zelenskiy prezidentlikka saylangaç, uning ştatdan taşqari maslahatçisiga aylangan, «Sluga naroda» partiyasidan Oliy Rada deputatligiga saylangan, 2019 yil avgustida boş vazir örinbosari va raqamli transformatsiyalar vaziri sifatida hukumatga kirgan.

Fedorov Aleksey Gonçaruk, Denis Şmigal va Yuliya Sviridenko hukumatlarida uşbu lavozimni saqlab qolmoqda. U Ukraina tarixidagi eng yoş vazir bölgandi. Uning rahbarligi ostida turli raqamli davlat xizmatlari işga tuşirilgan, davlat xizmatlarini taklif etuvçi «Dіya» raqamli tizimini bunga misol qilib keltiriş mumkin.

Bundan taşqari, Fedorov – Ukraina mudofaasi hamda mamlakatni tiklaş uçun xayriya mablağlari töplanadigan United24 platformasini taşkil etişda taşabbuskorlardan biri bölgan. Bu platformani Zelenskiyning özi ham muntazam ravişda reklama qilib keladi. Uning proyektlaridan biri – «Dronlar armiyasi» – Ukrainada pilotsiz tizimlar rivojlanişini tezlaştirdi. «RBK – Ukraina» yozişiça, aynan Fedorov milliarder Ilon Mask bilan muzokaralar ötkazib, uni Ukrainani Starlink sun’iy yöldoş internetiga ulaşga köndirgan, bu esa uruş davrida frontdagi harbiylarning özaro aloqasi uçun muhim ahamiyatga ega böldi. Naşr Fedorovni Ukraina prezidenti ofisining yangi rahbari böliş uçun asosiy da’vogar deb atagan.

Kirill Budanov
Ukraina mudofaa vazirligi Boş razvedka boşqarmasi (GUR) boşliği

Kaniuka Ruslan / Ukrinform / ABACAPRESS.COM / Scanpix / LETA

Budanovni mamlakatning boş razvedkaçisi deb ataşadi. U razvedka boşqarmasini 2020 yildan buyon boşqarib kelmoqda. Unga qadar Budanov maxsus topşiriqli bölinmada xizmat qilgan, 2014 yildan buyon Donbassdagi janglarda qatnaşgan, 2018–2020 yillarda esa maxsus topşiriqqa yuborilgan, bu haqda heç narsa ma’lum emas. 2023 yilga kelib Budanov general-mayor darajasiga kötarildi, bir yil ötib unga «şaxsiy jasorati va qahramonligi» uçun Ukraina qahramoni unvoni berildi.

Rossiya va Ukraina örtasida katta uruş boşlanganidan buyon Budanov rafiqasi Marianna bilan birgalikda Boş razvedka boşqarmasi binosida yaşab kelmoqda. Ukraina naşrlari 2023 yilda Mariannani oğir metall bilan zaharlaşga urinişgani haqida yozgandi. Budanovning özi ham bir neça suiqasddan omon qolgan.

«24-telekanal» ma’lumotiga köra, Budanov razvedka boşqarmasi amaliyotlarida şaxsan iştirok etib keladi. U xizmat çoğida bir neça bor tan jarohati olgan. Rossiyadagi davlat agentliklari şunday amaliyotlardan biri vaqtida Budanov halok bölgani haqida xabar tarqatgandi. Rossiyada dronlar hujumlari tufayli boşqa qator ukrain harbiylari qatorida unga ham terakt sodir etiş böyiça ayblov e’lon qilingan. «Reyting» ijtimoiy guruhi tomonidan ötkazilgan sörovdan ma’lum bölişiça, ukrainlar Budanovni eng köp işonçga sazovor bölgan rasmiylar uçligiga kiritişgan. Undan oldinda – faqat Valeriy Zalujniy va Volodimir Zelenskiy bor.

Pavel Palisa
Ukraina prezidenti ofisi rahbari örinbosari

Dmitri Kotjuh / Postimees / Scanpix / LETA

Palisa Ukraina prezidenti ofisi rahbari örinbosari lavozimida 2024 yil noyabridan buyon işlaydi. Uni Volodimir Zelenskiyning harbiy masalalar böyiça maslahatçisi deb ham ataşadi. Palisa – 2025 yil bahorida AQŞ bilan muzokaralarda qatnaşgan Ukraina delegatsiyasi tarkibida bor edi.

Siyosatga kirib kelguniga qadar Palisa 2002–2024 yillarda Ukraina qurolli kuçlarida xizmat qilgan va harbiy harakatlarda qatnaşgan. Xususan, 2023 yilda Baxmut mudofaasi vaqtida «Xolodniy Yar» 93-alohida mexanizatsiyalaşgan brigadasi qömondonlaridan biri edi. Ukraina qurolli kuçlari polkovnigi harbiy unvoniga ega.

Sergey Kislitsa
Ukraina taşqi işlar vaziri örinbosari

Evgeniy Maloletka / AP / Scanpix / LETA

Katta tajribaga ega diplomat. Köp yillar mobaynida xalqaro taşkilotlarda Ukraina manfaatlarini ifoda etib kelgan. 2020–2024 yillarda Kislitsa Ukrainaning BMTdagi doimiy vakili bölgan. Bundan taşqari, Kislitsa – Istanbuldagi tinçlik muzokaralarida Ukraina delegatsiyasi a’zosi edi. U AQŞ prezidenti Donald Tramp ma’muriyati vakillari bilan hozirgi muzokaralarda ham iştirok etmoqda.

Yaqinda diplomat bilan bölgan uçraşuvdan söng Zelenskiy Kislitsani şunday ta’rifladi: «Ukraina taşqi işlar vazirining birinçi örinbosari va uzoq vaqt davomida aynan Amerikada işlagan professional diplomat sifatida Sergey tegişli tajriba va qaraşlarga ega». Uşbu uçraşuvga ukrainalik jurnalistlar prezident ofisi rahbari lavozimiga nomzodlarni tanlaş bosqiçlaridan biri sifatida qaraşdi.

***

Volodimir Zelenskiy 8 dekabr kuni jurnalistlarning savollariga javob berarkan, prezident ofisi rahbarini tayinlaşda muammolar yuzaga kelişi mumkinligi, çunki barça nomzodlar muhim lavozimlarni egallab turganini ta’kidladi. «Vaziyat öşa „Jyenga“ öyinidagi kabi bölişini xohlamayman, sen bitta detalni olib taşlaysan va hammasi soçilib ketadi», – degan Zelenskiy. U prezident idorasi muhimligi, «lekin boşqa institutlar ham borligi»ni ta’kidlagan. «Har qanday holatda ham tanlov qiliş kerak, agar bu uzoq vaqt davom etsa, men ofis rahbarisiz ham özimni eplay olişimga könikib qolaman va, ehtimol, busiz ham yaşay olaman, lekin bir qarorga keliş kerak», – deya qöşimça qildi Ukraina prezidenti.