Toşkent şahri va Toşkent viloyatida giyohvandlik vositalari savdosi bilan şuğullangan şaxslar qölga olindi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar bermoqda.

Ma’lum qilinişiça, Davlat xavfsizlik xizmati hamda içki işlar organlari hamkorligida Toşkent şahrining Yunusobod tumanida tezkor tadbir ötkazilgan. Unda Yaşnobod tumanida yaşovçi 26 yoşli va Toşkent viloyatining Qibray tumanida istiqomat qiluvçi 19 yoşli şaxslar uşlangan. Ulardan 507 dona pregabalin va 52 dona tropikamid kuçli ta’sir qiluvçi dori vositalari aşyoviy dalil sifatida rasmiylaştirib olingan.

Şundan söng tezkor tadbir davom ettirilib, mazkur şaxslar tomonidan ijaraga olingan xonadon ham xolislar iştirokida közdan keçirilgan. Natijada ular uşbu manzilda narkolaboratoriya taşkil etgani aniqlangan. Manzildan 4 kg 326 gr kukun körinişidagi pregabalin moddasi, 200 gr tropikamid va kuçli ta’sir qiluvçi moddalarni tayyorlaşda foydalaniladigan 71 kg kimyoviy moddalar, şuningdek, ularni qadoqlaş uçun kerak böladigan flakon va kapsulalar hujjatlaştirib olingan.

Uşbu şaxslar narkolaboratoriya taşkil etişlari bilanoq qölga olinib, sotiş maqsadida qölbola usulda tayyorlagan kuçli ta’sir qiluvçi moddalarni lokatsiyalar orqali mijozlarga tarqatişga ulgurişmagan. Bu bilan 208 ming dona bir martalik doza aholi orasida tarqatilişining oldi olingan.

Hozirda ularga nisbatan Jinoyat kodeksining 251-1-moddasi (giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalar hisoblanmaydigan kuçli ta’sir qiluvçi moddalarni tarğib qiluvçi mahsulotni tayyorlaş, tarqatiş, reklama qiliş, namoyiş etiş yoki bunday moddalarni yoxud zaharli moddalarni qonunga xilof ravişda muomalaga kiritiş) 5-qismi bilan jinoyat işi qözğatilib, qamoq ehtiyot çorasi qöllangan. Bunday noqonuniy harakatlar sodir etgan şaxslar 7 yildan 10 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş bilan jazolanişi mumkin.

Yana bir holatda esa DXX Toşkent viloyati böyiça boşqarmasi hamda viloyat Bojxona boşqarmasi hamkorligida ötkazilgan tezkor tadbirda Tojikistondan olib kelingan juda köp miqdorda giyohvandlik vositasi töxtatib qolingan.

Xususan, Termez tumanida yaşovçi, muqaddam giyohvandlik vositalari savdosi bilan boğliq jinoyati uçun sudlangan 57 yoşli şaxs boşqaruvidagi Cobalt “Bekobod-avto” çegara bojxona postiga kirib kelgan vaqtida tekşirilgan. Jarayonda maşinaning yoqilği baki içiga ustamonlik bilan yaşirib qöyilgan 30 kgdan ortiq opiy moddasi borligi aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylaştirib olingan.

Hozirda uşbu şaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 246-moddasi (kontrabanda) 2-qismi bilan jinoyat işi qözğatilgan hamda qamoq ehtiyot çorasi qöllangan.

Avvalroq Surxondaryoda Cobalt maşinasida 51 kg gaşiş olib ketayotgan şaxs uşlangandi.