Milliy statistika qömitasi ma’lumotlariga köra, 2025 yilning 10 oyida Saudiya Arabistoniga safar qilgan özbekistonliklar oqimi sezilarli köpaygan. Rasmiy ma’lumotlarga köra, joriy yil yanvar–oktyabr oylari davomida jami 237,1 ming nafar Özbekiston fuqarosi mazkur mamlakatga turistik maqsadlarda borgan.
Statistikaga köra, safar qiluvçilar sonining ösişi ötgan yilning mos davri bilan soliştirilganda 96 ming nafarga teng bölib, bu 68 foizlik ösişni taşkil etgan.
Qayd etilişiça, Saudiya Arabistoniga borgan fuqarolarning aksariyati safarni aynan sayohat maqsadida amalga oşirgan. Joriy yilning 10 oyida safar maqsadlari kesimida quyidagi körsatkiçlar qayd etilgan:
- sayohat — 197,9 ming nafar;
- qarindoşlarni yöqlaş — 38,2 ming nafar;
- davolaniş — 924 nafar;
- xizmat yuzasidan — 66 nafar;
- öqiş — 31 nafar.
Ma’lumotlardan körinişiça, umumiy oqimning asosiy qismi sayohat maqsadidagi safarlarga töğri kelgan bölsa, qarindoşlarni yöqlaş ham Saudiyaga boriş sabablari orasida yuqori uluşni saqlab qolmoqda. Davolaniş, xizmat safari va öqiş kabi yönalişlar esa nisbatan kam uluşni taşkil etgan.












