Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy uruşni yakunlaş böyiça muzokaralarga Kremlni majbur qiliş uçun Moskvaga YeI va AQŞ tomonidan sezilarli bosim zarur, deb hisoblaydi. U 18 dekabr, payşanba kuni Bryusseldagi YeI sammitiga yöl olganida jurnalistlar bilan suhbatda şunday dedi: agar Yevropa Ittifoqi Ukrainaga keyingi moliyalaştiriş masalasida kelişa olmasa, bu Kiyev uçun yanada ojiz pozitsiyani va diplomatik yöl bilan hal etişga tahdidni anglatadi.

Zelenskiyning işonç bildirişiça, agar uşbu sammitda Ukrainaga yordam uçun muzlatilgan Rossiya mablağlaridan foydalaniş böyiça qaror qabul qilinmasa, Rossiya prezidenti Vladimir Putin muzokaralar stoliga ötirmaydi. “Va bu mutlaqo tuşunarli: u aniq diplomatik yölni istamaydi. Heç qanday diplomatiyani, heç qanday muloqotni aniq istamaydi”, — deya “Yevropeyskaya pravda” uning sözlarini keltiradi.

Zelenskiy ta’kidlaşiça, Ukraina zaifroq pozitsiyada — çunki uruşni davom ettiriş uçun mablağ yetişmayapti. “Putinda bizni egallaş istagi kuçayyapti, çunki biz şunday ahvoldamizki, hayot uçun ham, qurol uçun ham pul yetişmaydi. U biz yanada kuçsiz va himoyasiz bölişimizni tuşunadi”, — dedi u.

Ukraina prezidentining sözlariga köra, mamlakati uruşni diplomatik yöl bilan yakunlaş uçun bor kuçini sarflayapti, ammo mudofaa ehtiyojlari uçun ham mablağ kerak. “Agar bu — uruş bölsa, bizga bu pullar kerak. Armiyamiz va mudofaa işlab çiqarişimizni qöllab-quvvatlaş uçun şunday qaror kerak. Albatta, yevropaliklar tomonidan ham, AQŞdan havo mudofaasi uçun raketalar ham”, — deb tuşuntirdi u.

Zelenskiy muzlatilgan Rossiya aktivlaridan foydalaniş töğrisida qaror qabul qilinişi yevropaliklarning siyosiy irodasiga boğliq, deb işonişini bildirdi. “Men barça yetakçilar bilan gaplaşaman, dalillarimizni keltiraman va ijobiy qaror olişimizga juda umid qilaman. Busiz Ukraina uçun katta muammo böladi”, — deya qöşimça qildi u.

Şuningdek, Zelenskiy fikriça, agar Rossiyaga qarşi sanksiyalar haqiqatan amal qilsa va AQŞ Kremlga bosim ötkazsa, Moskva uruşni odatdagi hajmda moliyalaştira olmasligi ehtimol. “Putin berayotgan signallar biz uçun mutlaqo yangi emas. Men doimo u uruşni tugatişni istamaydi, deb aytganman. Savol — u uni davom ettira oladimi? Bu esa hamkorlarimizga, ularning bosimiga boğliq”, — dedi u jurnalistlarga.

Zelenskiy, bir vaqtning özida, 19–20 dekabr kunlari Floridada Ukraina va AQŞ delegatsiyalari örtasida yangi muzokaralar bölişini tasdiqladi. Ularning mavzulari AQŞ taklif qilayotgan tinçlik rejasi, xavfsizlik kafolatlari va Rossiya tajovuziga qarşi mudofaalanayotgan Ukrainani tiklaş masalalari böladi. Uning aytişiça, Ukraina delegatsiyasi allaqaçon yölga çiqqan.

Volodimir Zelenskiy YeI sammitida iştirok etişi aytilgandi. Sammitning asosiy masalasi — Yevrokomissiya taklif qilgan, Ukrainaga kredit berişning murakkab sxemasi. U Ukraina uçun “reparatsion kredit”da muzlatilgan Rossiya aktivlaridan foydalanişni, şuningdek YeI davlatlarining milliy kafolatlarini nazarda tutadi. Rossiyaga pullarni qaytariş faqat uruş tugagaç, Rossiya Ukrainaga reparatsiyalar tölagan taqdirdagina mumkin böladi.

YeI Kengaşi 12 dekabr kuni muzlatilgan aktivlardan mablağlarni RFga qayta ötkazişni vaqtinça taqiqladi. Taqiq YeIda Rossiya harakatlari natijasida uruş kontekstida “iqtisodiy vaziyat yanada jiddiy yomonlaşib ketişi xavfi saqlanib turgan” barça vaqt mobaynida kuçda qoladi. Xuddi öşa kuni RF Markaziy banki Moskva sudiga Euroclear’ga qarşi da’vo arizasi kiritgan.

Avvalroq Germaniya va YeIning boşqa davlatlari köpçilik ovoz bilan Rossiyaning YeIda muzlatilgan mablağlarini qaytarişga nisbatan muddatsiz taqiq joriy etişga qaror qilgan edi. Bu qadam YeI davlatlariga aktivlarni muzlatiş masalasini har olti oyda, avvalgidek, qayta ovozga qöymaslik imkonini beradi.