Adliya vazirligi davlat röyxatidan ötkazgan mazkur nizomga köra, sindikatlaşgan kredit — qarz oluvçini birgalikda moliyalaştiriş uçun bank sindikati iştirokçilari tomonidan ajratiladigan mablağ hisoblanadi. 

Nizomda bank sindikati iştirokçilari doirasi ham belgilab qöyilgan. Jumladan, banklar bilan bir qatorda xorijiy banklar, xalqaro moliya taşkilotlari yoki öz davlat qonunçiligiga muvofiq kredit ajratişga haqli bölgan çet el yuridik şaxslari ham sindikat iştirokçisi bölişi mumkin. 

Tartibga köra, qarz oluvçi sindikatlaşgan moliyalaştirişni oliş uçun bankka ariza bilan murojaat qiladi. Bank bu turdagi moliyalaştirişni ajratiş mumkinligi haqida qaror qabul qilsa, qarz oluvçi bilan dastlabki şartlarni kelişib oladi. 

Şundan söng yetakçi iştirokçi potensial iştirokçilarga qarz oluvçi haqida ma’lumotlarni öz içiga olgan taklifni yuboradi. Bank sindikati esa iştirokçilar örtasidagi yozma kelişuv asosida tuzilib, unda özaro munosabatlar, huquq va majburiyatlar belgilanadi. 

Ma’lumot uçun, mazkur hujjat Özbekiston Respublikasi Markaziy banki qarori bilan tasdiqlangan bölib, Adliya vazirligida №3730 raqami bilan röyxatdan ötkazilgan va muddatsiz amal qiladi.