Dilafruz Sobirova Farğona şahridagi Prezident maktabining 11-sinf öquvçisi. IELTS’dan 8, SAT imtihonidan 1540 ballni qölga kiritgan, nemis tilidan Multilevel imtihonida ham B2 darajani egallagan. U Harvard universitetiga 100 foizlik grantni qölga kiritib integratsiyalaşgan biologiya yönalişiga qabul qilindi. Qahramonimiz Kun.uz’da e’lon qilingan Gözalxon Haydarova haqidagi videomaterialni körib ilhomlanib orzusiga erişgani haqida sözlab berdi.
Dilafruz Sobirova prezident maktabida eko-qömita sardori, Yangi Özbekiston universiteti tomonidan taşkillangan Hogwars yozgi oromgohi qatnaşçisi, Breakthrough Junior Challenge Top 30%dagi video sohibasi, Hippo xalqaro ingliz tili olimpiadasi 2022-2023 yarim-finalisti va ingliz tili olimpiadasining viloyat bosqiçi ğolibasi bölgan ekan.
Gözalxon Haydarovaning intervyusi hayotimni özgartirdi...
Men Harvard universitetining integratsiyalaşgan biologiya yönalişiga 100 foiz grant bilan qabul qilindim. Farğona şahridagi prezident maktabida öqiyotgan paytimda namanganlik Gözalxon Haydarova Harvardga öqişga kiribdi, degan xuşxabarni aytişgandi bizga. U bu muvaffaqiyatga qanday erişgani haqida Kun.uz saytiga intervyu bergan ekan. Öşanda 168 nafar öquvçini yiğib, ana şu intervyuni qöyib berişgandi. Aynan şu videoni körib (öşa paytda 8-sinf öquvçisi edim) men ham Harvardga kiraman, deb içimda orzu paydo bölgandi. Şundan söng Telegram’dagi profilimga Harvard universitetining rasmini qöyganman. Öşandan beri hali özgartirganim yöq. Alloh nasib qilgan ekan ikki yil ötib, öşa universitetga qabul qilindim. Bugun ertalab soat 5:00 da çiqdi natijalar.

Natijalar çiqqaç ustozim Jons Hopkins universiteti talabasi Bobur Baxtiyorov tabriklagani keldi. Natijalar çiqişini hammasiz intiq bölib kutayotgan edik. Natijani körib özimni nazorat qila olmadim, közimga yoş kelib ketdi-da. Şunça yil kutgan narsam xuddi işonib bölmaydigan tuşga öxşar edi-da. Tuşda ham şunaqa bölişi mumkin-ku, balki tuş köryapman deb öyladim. Keyin yöq, hammasi haqiqat ekan...
Harvardni Harvard qiladigan öquvçilarning natijalari...
Quva tumanining Xonobod qişloğida yaşaymiz. Otam şifokor, onam öqituvçi, oilada tönğiç farzandman. Ota-onam bu yutuğimdan boşlari kökka yetdi. Boşimdan ötgani şu böldiki, inson eng avvallo orzuga albatta erişaman deb işonişi kerak ekan. Çunki köpçilik Harvard katta universitet, kira olmaysan deyişgandi. Lekin niyatimdan qaytmadim. Nega? Çunki özimda öşa işonçni topişimga öşa profilga qöygan universitet surati, körgan videomaterial yordam berdi.
Harvardga hamma ham bora olmaydi. Ingliz tilini, matematikani bilişingiz kerak, fanlarni yetarliça özlaştira olişingiz kerak. Iqtidorli öquvçilar juda köp. Lekin Harvard hamma iqtidorlilarni ham qabul qila olmaydi. Joyi çeklangan. Misol uçun Özbekistondan deylik bitta öquvçi qabul qilgan bölsa kerak. Lekin yurtimizdan öşa nufuzli oliygohga xujjat topşirgan öquvçilarning deyarli hammasi iqtidorli edi. Misol uçun, tajribamda ötgan: darsdan taşqari ekologiya muammolari bilan şuğullanardim. Biologiya böyiça tajribalar qilib, ularni video şaklida Instagram’ga, YouTube’ga joylar edim. Ba’zilarini özbek, ba’zilarini ingliz tilida. Darsdan taşqari vaqtimni samarali ötkazişga harakat qilganman. Çunki bilaman, hammamiz bir xil dars öqiymiz, bir xil narsamiz bor. Lekin bizni ajratadigan narsa darsdan keyin nima qilişimiz bölgan. Şuning uçun boşqalardan ajralib turadigan hamda odamlarga foyda keltiradigan maşğulotlar bilan şuğullanişga harakat qilganman. Ayollarni, xotin-qizlarni yiğib, ham onlayn, ham oflayn dars ötganmiz. Farğona Davlat universitetidan öqitişni boşlaganmiz. Keyin onlayn öqitişni ham yölga qöydik. Aynan şu kabi biz qilgan maşğulotlarimiz boşqalardan ajratib turgan va bizni odamlarga yordam bera olganimiz va aynan yordam beriş jarayonida özimizda ham bölgan özgariş aynan Harvardga ma’qul kelgan. Ularda şunday his bölganki, demak, bu öquvçi şunça öqibdi, şunça narsani qilibdi. Demak, bizning universitetimizga kelganda ham biz bergan resurslardan samarali foydalana olib, deylik, prezident böla oladi, Nobel yuta oladi. Bizning Harvardni dunyoga tanita oladi. Harvardni Harvard qiladigan öquvçilarning natijalari. Ularga natija qiladigan öquvçi kerak. Qayerdan bilişadi? Ular taxmin qila olmaydi. Aniq bilişmaydi, lekin öquvçining qilgan işiga qarab nima qila olişini taxmin qilişadi.
Ibn Sino izdoşi...
Uyimizdagi issiqxonada gullar parvariş qilamiz. Bolaligimdan, tuğilganimdan boşlab gullarni körib voyaga yetganman. Yaşillikni körib tabiiy fanlarga qiziqib qolganman.
Atrofda, ayniqsa Özbekistonda ekologik muammolar köp. Ayniqsa havo ifloslanişi Toşkentda, özimizning Farğonada ham yetarliça. Biologiyani aynan tabiatdagi muammolarni yeçiş uçun foydalanişimiz mumkin. Barça qiziqişimlarni birlaştirişga qaror qildim va kördimki Harvardda şunday yönaliş bor ekan...
Biologiyani tabiatni himoya qiliş sohasida qöllamoqçiman. Aynan şu tabiatdagi muammolarni yeçiş uçun biologiyani işlatmoqçiman. Bundan taşqari genetikani köproq örganmoqçiman. Aynan biz gullarni birlaştirganmiz, gullarning genlarini. Kelib yana balki genetika sohasida Özbekistonda kaşfiyot qilişim mumkin. Ibn Sino bobolarimiz aynan şu biologiya, tibbiyot, genetika sohasida butun dunyoda birinçi bölişgan. Avitsenna nomini olgan butun Yevropa böyiça. Lekin orada uziliş böldi. Endi yana öşa uzilişdan keyin yana öşa uçinçi Renessans, prezidentimiz aytganidek, uçinçi Renessansning poydevorini qöyib, yana öşa ajdodlarga mos avlod bölib, aynan ularning nomini qaytarmoqçiman. Xuddi ibn Sinodek Dilafröz deganda butun dunyo bilişini xohlayman.
Eng muhimi orzu bilan yaşang...
Harvard universitetida ma’lum talablar: IELTS, SAT xalqaro imtihonlari bor. IELTS’dan 8 ball, SAT imtihonidan 1540 ballni qölga kiritganman va eng ilk qadamni qöymoqçi bölgan yoşlar ham aynan şu imtihonlarni topşirib, aynan şu talablarni qondirişlari kerak böladi.
Endi yoşlarga maslahatim, bugun Harvard talabasi bölgan öquvçi sifatida, oddiy bir özbek qizi sifatida sizlarga aytadigan gapim bor. Eng muhimi orzu bilan yaşang. Orzuyim Harvardga kiriş bölgan. Aynan orzu ortidan ergaşdim va nasib qildi, şunga erişdim. Orzungiz şunçalik kuçli bölsinki, u tunlari sizni uxlatmasin. Aynan öşa orzuga erişiş uçun harakat qiling. Orzu şunçalik kuçli bölsin, unga boğlanib qoling. Albatta bir kun unga erişasiz. Xoh Harvard bölsin, xoh boşqa nufuzli universitet. Eng muhimi harakatdan töxtamang, niyat qilişdan töxtamang.
Töliq intervyuni Kun.uz'ning YouTube'dagi kanalida tomoşa qilişingiz mumkin.
Sarvar Ziyoyev,
Sardor Mamirov,
Kun.uz











