«Vajnyye istorii» naşri maʼlumotiga köra, 21-avgust, juma kuni keçqurun Gelenjik va uning atrofida benzin zaxiralari töliq tugagan. Arxipo-Osipovka qişloğidagi sönggi yonilği quyiş şoxobçasida ham AI-92 va AI-95 benzini qolmagan.
Kun davomida ayrim AOQŞ oldida yuzlab avtomobillar navbatda turgan. «Ostorojno, novosti» Telegram-kanali maʼlumotiga köra, baʼzi haydovçilar benzin oliş uçun 16 soatdan ziyod vaqt davomida navbat kutişga majbur bölgan.
Bundan avval şunga öxşaş xabarlar Soçi va Krasnodar ölkasining boşqa aholi punktlaridan ham kelib tuşgan edi. Soçi maʼmuriyati şahardagi yonilği bilan boğliq vaziyatni keskin deb baholab, mahalliy aholi va sayyohlarni şaxsiy avtomobillarda safar qilişdan imkon qadar tiyilişga çaqirgan.
Rossiyada yoqilği tanqisligining yangi tölqini avgust oyining örtalarida boşlangan. 10–15-avgust kunlari mamlakatning kamida oltita hududida benzin sotiş böyiça çeklovlar qayta joriy etilgan yoki avvalgi çeklovlar kuçaytirilgan.
«Izvestiya» gazetasi «GdeBenz» maʼlumotlariga tayanib xabar berişiça, 18-avgust holatiga köra, Rossiyadagi AYoQŞning atigi 28,1 foizida benzin va dizel yonilğisi mavjud bölgan. Bir hafta avval esa bu körsatkiç 41 foizni taşkil etgan.
Manbada Rossiyadagi yonilği inqirozi Ukraina Qurolli kuçlarining neftni qayta işlaş zavodlariga muntazam zarbalari bilan boğlangan. Vaziyat may oyi oxirida keskinlaşgani aytilmoqda.
Yonilği sotiş böyiça turli çeklovlar Rossiyaning 40 dan ortiq hududida rasman joriy etilgan.

















