Şimoliy Koreya yetakçisi Kim Çen In suv siğimi 8,7 ming tonna bölgan, yadroviy dvigatelga ega suvosti kemasining qurilişini tekşiriş uçun kemasozlik zavodiga taşrif buyurdi.

KXDRning yagona rasmiy axborot uzatuvçisi – Koreya Markaziy Axborot agentligi xabariga köra, Kim bu loyihani Şimoliy Koreya flotini modernizatsiya qiliş va yadroviy qurollantiriş yölidagi muhim qadam deb atagan. Şimoliy Koreya mazkur suvosti kemasini yadroviy qurollar bilan jihozlaşni rejalaştirmoqda. Kim bu kemani «strategik yadroviy hujum suvosti kemasi» deb atagan.

Taşrif çoğida Kim – AQŞ va Janubiy Koreyaning yadroviy dvigatelga ega suvosti kemasini quriş harakatlarini qoralagan. U bu taşabbusni xavfsizlik va dengiz suverenitetini jiddiy buzadigan «tajovuzkor harakat» deb atadi, deb yozmoqda Associated Press naşri.

Foto: KCNA/Reuters

Bundan taşqari janubliklarning rejasi – Şimoliy Koreya flotini yadroviy qurollantiriş zaruratini yanada kuçaytirişini ta’kidlangan. Kimga köra, uning yadroviy suvosti kemasi qurilişi mamlakat yadroviy tiyib turiş salohiyatini mustahkamlaydi.

Şuningdek, Kim bir neçta hujumçi esminetslar va yadroviy suvosti kemalari qurilayotganini ham aytgan. KXDR uşbu kemalarni qurollar bilan jihozlaş uçun qurilişni tezlaştirgan.

«Kema – deyarli tayyor»

Davlat agentligi Kim Çen In zavodga qaçon taşrif buyurganini aniq körsatmagan. Xabarlarda uning yuqori martabali amaldorlar va qizi hamrohligida katta kema oldidagi suratlari e’lon qilingan. Korroziyaga qarşi böyoqqa öxşaş rang bilan qoplangan suvosti kemasi – joriy yil mart oyidan beri Şimoliy Koreya OAVlari e’lon qilgan ilk töliq suratdir. Oldinroq asosan kemaning quyi qismlari namoyiş etilgan.

Foto: KCNA/Reuters

Kema qaçon töliq tayyor bölişi hozirça noma’lum. «Ammo suvosti kemalar odatda içkaridan taşqariga qarab qurilişini hisobga olsak, korpus deyarli bitgani körsatilgan. Bu, ehtimol asosiy komponentlar, jumladan dvigatel va reaktor allaqaçon örnatilganini anglatadi», deydi Seuldagi suvosti kemalari böyiça mutaxassisi Mun Kun.

«Endi butun kemani körsatişlari aksariyat jihozlar örnatilib bölinganini va u suvga tuşirişga deyarli tayyor ekanini anglatadi», — deydi Janubiy Koreya dengiz flotining sobiq kemaçisi. Munning fikriça, Şimoliy Koreya bir neça oy içida dengizda kema sinovlarini boşlaşi mumkin.

«Orzu röyxati»dagi qurol va Rossiyaning yordami

AP’ning yozişiça, yadroviy dvigatelga ega suvosti kemasi Kim 2021 yilda e’lon qilgan murakkab qurollar «orzu röyxati»dagi bandlardan biri bölgan. U buni AQŞ boşçiligidagi harbiy tahdidlarning kuçayişiga javob sifatida izohlagan. «Orzu»dagi boşqa qurollar qatoriga: qattiq yoqilğida işlaydigan qit’alararo ballistik raketalar, gipertovuşli qurollar, razvedka sun’iy yöldoşlari va köp kallakli raketalar kiradi.

Şimoliy Koreya bu tizimlarning ayrimlarini işlab çiqiş uçun qator sinovlar ötkazdi. U yaqinda yangi harbiy esminetsni namoyiş qildi. Kim uni mamlakat yadroviy kuçlarining «amaliy masofasi» va «oldindan zarba beriş imkoniyatini kengaytiriş»da muhim qadam, deb atadi.

Agar Şimoliy Koreya uzoq muddat yaşirin harakatlana oladigan va suv ostidan raketa uçira oladigan suvosti kemasiga ega bölsa, bu qöşnilar uçun jiddiy xavotir uyğotadi. Çunki bunday qurollar harakatini va yönalişini oldindan aniqlaş qiyin böladi, deb yozmoqda Reuters.

Foto: KCNA/AP Photo

Şu bilan birga, köplab sanksiyalar ostidagi va moddiy imkoniyatlari çeklangan şimolliklar bunday kemani quriş uçun resurs va texnologiyalarni qayerdan olişi borasida savollar mavjud.

Ba’zi ekspertlar Şimoliy Koreyaning Rossiya bilan yaqinlaşuvi muhim texnologiyalar olişiga yordam bergan bölişi mumkinligini aytmoqda. Jumladan Ukrainadagi uruşda Vladimir Putinni qöllab minglab askar va harbiy texnika yuborgani evaziga KXDRga ruslar yordam bergan bölişi mumkin.

Ba’zi tahlilçilar esa Şimoliy Koreya Rossiyaning jangovar safdan çiqarilgan suvosti kemasidan reaktor olgan bölişini taxmin qiladi. Janublik ekspert Munning fikriça, KXDR Rossiyadan ma’lum texnologik yordam olib, öz reaktorini loyihalagan bölişi ehtimoli yuqori.

Yer-havo raketalarining sinovi

Bundan taşqari, Kim Çen In özining ehtimoliy vorisi bölgan qizi Ju Ae bilan uzoq masofali yer-havo raketalarining sinov uçirilişini ham nazorat qildi.

Foto: KCNA/Reuters

Çorşanba kuni şarqiy sohil yaqinida ötkazilgan sinovda yangi turdagi baland parvoz qiluvçi raketa baholangan. Rasmiy xabarga köra, u 200 kilometr masofadagi havodagi nişonlarni yöq qilgan.

Reutersʼning yozişiça, Janubiy Koreya Qurolli kuçlari Birlaşgan ştabi raketa sinovi bölib ötganini tasdiqladi. Şuningdek, Janubiy Koreya harbiylari uçirişga tayyorgarlikdan xabardor bölgan va bunga tayyor turgan.

Öq-dori işlab çiqariş korxonasiga taşrif

Bugun, 26 dekabr kuni esa Şimoliy Koreya yetakçisi yirik öq-dori işlab çiqariş korxonalariga taşrif buyurgani e’lon qilindi.

«Mamlakatning raketa va snaryad işlab çiqariş sohasi uruşni tiyib turiş salohiyatini mustahkamlaşda nihoyatda muhim ahamiyatga ega», deya Kimdan iqtibos keltirmoqda Koreya Markaziy Axborot agentligi.

Foto: KCNA/Reuters

Şuningdek, Kim yirik öq-dori korxonalarini modernizatsiya qiliş böyiça loyihaviy hujjatlarni ratifikatsiya qilgan. Bu hujjatlar asosida Şimoliy Koreyaning kelgusi beş yilga möljallangan rivojlaniş rejasi belgilanadi.

Janubiy Koreya ham öz yadroviy suvosti kemasini qurmoqçi

Joriy yil noyabr oyidagi sammitda Janubiy Koreya prezidenti Li Jaye Myung prezident Donald Tramp bilan alohida uçraşuv ötkazdi. Öşanda Li Trampdan AQŞning yadroviy dvigatelga ega suvosti kemalarini oliş harakatlarini qöllaşini söragan. U, şuningdek AQŞ zimmasidagi yukni kamaytiriş uçun mudofaa xarajatlarini oşirişga sodiqligini bildirgan.

Janubiy Koreya va AQŞ prezidentlarining Busandagi uçraşuvi. Noyabr, 2025 yil / Foto: New York Times

Keyinroq Tramp AQŞ Janubiy Koreyaga şunday kemani qurişga imkon beradigan yopiq texnologiyalar bilan bölişişga oçiq ekanini aytdi. Biroq kemaning qayerda va qaçon qurilişi, şuningdek Seul zarur yadroviy yoqilği va reaktor texnologiyasini qanday olişi hozirça noma’lum.

Sönggi yillarda Koreya yarimorolida keskinlik kuçaydi: Kim yadroviy dasturini jadallaştirdi, Rossiyaning Ukrainadagi uruşidan keyin Moskva bilan aloqalarni çuqurlaştirdi. Uning hukumati Vaşington va Seulning yadroviy va raketa dasturlarini töxtatişga qaratilgan muzokara çaqiriqlarini rad qilmoqda. Bu muzokaralar – 2019 yilda Trampning birinçi prezidentlik davrida natijasiz yakunlangan sammitdan söng barbod bölgandi.

Raketa zaxiralari orasida yurgan Kim / Foto: KCNA