Öta oğir vazn toifasida sobiq jahon çempioni Entoni Joşua Nigeriyada jiddiy avtohalokatga uçradi. Voqea 29 dekabr kuni Ogun ştatidagi Lagos - Ibadan trassasida sodir bölgani ta’kidlanmoqda.

Mahalliy huquq-tartibot idoralari va xalqaro OAV ma’lumotlariga köra, Joşua ötirgan avtomobil harakatsiz yuk maşinasi bilan töqnaşib ketgan. Hodisa oqibatida kamida ikki kişi halok bölgan. Hodisa tafsilotlari aniqlaştirilmoqda, tergov işlari olib borilmoqda.

Sportçining özi esa yengil jarohat olgan. U tibbiy muassasaga tekşiruv uçun olib ketilgan, şundan söng şifokorlar boksçining hayotiga heç narsa xavf solmayotganini ma’lum qilgan. Joşuaning vakillari uning ahvoli barqaror ekani va şifokorlar nazorati ostida ekanini ma’lum qildi.

Entoni Joşua sönggi kunlarda şaxsiy taşrif bilan Nigeriyada böldi. Boksçi oilaviy ildizlari boğlangan mamlakatga muntazam ravişda boradi.

YTH sabablari va yuzaga kelişi mumkin bölgan huquqiy oqibatlar töğrisidagi ma’lumotlar haqida xabar berilmadi.

Entoni Joşua - britaniyalik professional boksçi, super oğir vazn toifasida ringga çiqadi. 1989 yil 15 oktyabrda Uotfordda (Buyuk Britaniya) tuğilgan. London-2012 Olimpiadasi çempioni. WBA, IBF, WBO va IBO sobiq jahon çempioni. Öz avlodining eng muvaffaqiyatli tijoriy boksçilaridan biri, kuçli nokautli zarba va atletik jang uslubi bilan tanilgan. 2025 yilda u bir yillik tanaffusdan söng ringga qaytdi va 2025 yil 19 dekabrda Jyeyk Polni oltinçi raundda nokaut bilan mağlub etdi.