Venesuelani 13 yil boşqargan Nikolas Maduro 2026 yilning ilk kunlarida amerikalik harbiylar tomonidan öğirlab ketildi. U va rafiqasi bir qança oğir ayblar bilan Nyu Yorkda sudlanmoqda. Kun.uz 64 yoşli Maduroning hayot yöli va AQŞ bilan ziddiyatiga sabab bölgan omillar haqida hikoya qiladi.

Maduroning siyosatga kirib kelişi

Nikolas 1962 yilda işçi oilasida tuğilgan. Uning otasi kasaba uyuşmasi faoli edi, aynan şu omil Maduroning siyosiy maydonga kirib kelişida muhim rol öynaydi. U oliy ma’lumotga ega emas, ya’ni universitetda öqimagan. Yoşligida bir muddat avtobus haydovçisi bölib işlagan; keyinçalik 1983 yilgi saylovoldi kampaniyasi paytida maşhur venesuelalik siyosatçi Xose Visente Rangelga tansoqçilik qilgan. 1990-yillarda Maduro Kubaga yöl oladi. Öşa davrda Kuba – Lotin Amerikasidagi söl qanot yetakçilarini mafkuraviy va siyosiy tayyorlaş markazi edi.

Nikolas vataniga qaytgaç, Ugo Çaves asos solgan söl qanot Beşinçi Respublika Harakatiga qöşiladi. 1999 yilda Çaves hokimiyatni egallagaç, Maduro ham mansab pillapoyalaridan juda tez kötarila boşlaydi. Dastlab deputat böladi, 2006 yilda esa parlament raisi lavozimini egallaydi. Keyinçalik Çaves uni taşqi işlar vaziri lavozimiga ötkazadi.

Ugo Çaves va Nikolas Maduro. Foto: Avn/ Xinhua/ Global Look Press

Maduro taşqi işlar vaziri sifatida Çavesning yaqin ittifoqçisi va işonçli safdoşi sifatida tanildi va bu lavozimda 6 yil işladi. 2012 yilda esa vitse-prezident böldi. Öşa yili saraton kasalligidan davolanayotgan Çaves uni öz vorisi deb e’lon qiladi va xalqdan uni qöllab-quvvatlaşni söraydi. 2013 yil martda Ugo Çaves vafot etdi va oradan bir oy ötib Venesuelada navbatdan taşqari prezidentlik saylovi ötkazildi.

Saylovda Maduro Çavesning siyosiy merosxöri sifatida, Enrike Kapriles boşçiligidagi muxolifat nomzodiga qarşi kuraş olib bordi. Saylov natijalari Maduro juda oz farq bilan ğalaba qozonganini körsatdi: rasmiy raqamlarga köra, u 50,6 foiz, raqibi Kapriles esa 49,1 foiz ovoz töplaydi. Atigi 1,5 foizlik tafovut prezidentlik kursisini hal qiladi. Biroq bu natija muxolifat tomonidan şubha ostiga olinadi. Şu sababdan ham saylov natijasining soxtalaştirilgani haqida miş-mişlar bolalay boşlaydi. Kapriles tarafdorlari jiddiy ijtimoiy-iqtisodiy muammolar, şuningdek, “XXI asr sotsializmi”dan çarçoq haqida tinmay gapirişardi.

Nikolas Maduro. Foto: Presidency Of Venezuela

Maduroning prezidentlik davri

Oradan köp ötmay, yangi prezident oldida turgan vazifalar ança murakkab ekani körina boşlaydi. 2014 yilda jahon bozorida neft narxlari keskin arzonlaşadi. Neft Venesuela eksport daromadlarining 95 foizini taşkil etardi. Narxlarning pasayişi fonida mamlakat defolt xavfi bilan yuzlaşdi; giperinflatsiya, turmuş darajasining keskin yomonlaşuvi va aholi orasida ommaviy emigratsiya avj oladi. Daromadlarning pasayişi ortidan çavistlar maşhurligining asosini taşkil etgan, aholining kam ta’minlangan qatlamlarini keng kölamda qöllab-quvvatlaşga qaratilgan ijtimoiy dasturlar tizimi izdan çiqa boşlaydi.

Mamlakat uzoq davom etgan inqiroz girdobiga kirib qoldi va undan yillar davomida çiqib keta olmadi. Yalpi içki mahsulot qisqara boşladi: Xalqaro valuta jamğarmasi ma’lumotlariga köra, Venesuela YaIM 2017 yilda hatto 12 foizgaça kamayib ketgan. Giperinflatsiya yuzaga kelib, narxlar yiliga yuzlab foizga oşa boşlaydi. 2014–2016 yillar oraliğida kambağallik darajasi 48 foizdan 82 foizgaça kötariladi. Eng zarur tovarlar – asosiy oziq-ovqat mahsulotlari va dori-darmonlar tanqisligi kuçayadi. Umuman olganda, Venesuelada ham sotsialistik inqiroz hukm surdi: narxlar “arzon” edi, lekin dökonlarda mahsulot topilmasdi, tibbiyot bepul edi, ammo kasalxonalarda dorilar va uskunalar yetişmovçiligi kuzatilardi.

Maduro yuzaga kelgan muammolarga özi bilgan usullar bilan qarşi turişga urindi. Tadbirkorlarni “burjua parazitlari” va “qonxörlar” deya ayblab, iqtisodiyot ustidan keskin nazorat örnatişga kirişdi: dökonlar narxlarni 60–90 foizgaça tuşirişga majbur qilindi; işlab çiqariş va mahsulot tarqatilişini nazorat qiliş bahonasida harbiylarni zavod va fabrikalar hududiga kiritdi; valuta ayirboşlaş ustidan qat’iy çeklovlar joriy etdi.

Bunday keskin siyosat Maduro hukumatiga nisbatan norozilikni keskin kuçaytirdi. Tanqidçilar uni malakasiz boşqaruv va korrupsiya orqali “bir paytlar farovon bölgan Venesuelani halokatga olib keldi”, deya qoralay boşlaydi. Umuman olganda, dunyodagi eng katta neft zaxiralariga ega Venesuela 1980-yillarda Lotin Amerikasidagi eng boy davlat bölgan bölsa, endi mintaqadagi eng kambağal mamlakatga aylanib qoldi.

AQŞ bilan ziddiyat

AQŞ va Venesuela munosabatlarning taranglaşişi Ugo Çaves davrida boşlangan. Dastlab u Amerika bilan aloqalarni yaxşilaydi va ikki tomonlama faol savdo hamkorligi örnatişga kirişadi. Demokratik özgarişlar, korrupsiyaga qarşi kuraşiş böyiça islohotlar qilişga va’da beradi. Ammo Çavesga qarşi 2002 yildagi harbiy töntariş ikki davlat orasidagi munosabatning keskinlaşişiga olib keldi. Harbiy töntariş muvaffaqiyatsizlikka uçragan bölsa-da, AQŞning muxolifat bilan aloqasi borligi haqida gumonlar paydo böladi. Şundan söng Ugo Qöşma Ştatlar siyosatini keskin qoralay boşlaydi va Amerikani “imperialistik kuç” deb ataydi. 2007 yilda mamlakatda milliylaştirişning ikkinçi tölqini ötkaziladi va röyxatga Ğarb neft kompaniyalarining filiallari ham kiritiladi. Bundan AQŞ hukumati Venesuelaga qarşi sanksiyalar qöllaş uçun asos sifatida foydalanadi va bosim ötkazişni kuçaytiradi.

Maduro ham Çaves an’anasini davom ettirdi. U öz çiqişlarida Qöşma Ştatlarni Venesuela içki işlariga aralaşişda ayblab, mamlakatidagi iqtisodiy muammolarga AQŞning sanksiyalarini sabab qilib körsatadi. Xitoy va Rossiya bilan strategik ittifoq tuziş ustuvor vazifaga aylana boşlaydi.

Maduro va AQŞ munosabatlardagi keskinlik 2019 yilning yanvarida, Donald Tramp ma’muriyati Venesuelada 2018 yilgi prezidentlik saylovlarini noqonuniy deb e’lon qilişi fonida kuçayib ketgan va oçiqça duşmanlik darajasiga kötarilgan edi. Venesueladagi muxolif siyosatçilar prezidentlik saylovlarini boykot qiladi. Öşa paytda mamlakat parlamenti raisi bölgan Xuan Guaydo qasamyod qabul qilib, özini muvaqqat prezident deb e’lon qiladi. Maduroning iste’fosini talab qilib, mamlakat köçalariga çiqqan ön minglab namoyişçilar Guaydoni qöllab-quvvatlaydi. AQŞ va 50 dan ortiq davlat Guaydoni Venesuelaning muvaqqat prezidenti sifatida tan oladi. Maduroning legitimligi xavf ostida qoladi. Öz navbatida Pekin ham, Moskva ham özini muvaqqat prezident deb e’lon qilgan Guaydoni tan olişdan boş tortdi va rejimni iqtisodiy va harbiy jihatdan qöllab-quvvatlaşni davom ettirdi.

Xuan Guaydo. Foto: Edilzon Gamez/Getty Images

Maduroni ağdariş uçun yana bir keskin uriniş 2020 yil may oyida röy bergan edi. Amerikalik bir guruh sobiq askarlar Venesuelaga yaşirinça bostirib kirişga urinadi, ularning maqsadi amaldagi prezidentni hibsga oliş yoki yöq qiliş bölgan. Ammo operatsiya muaffaqiyatsizlikka uçraydi. Maduro uşbu fitna ortida AQŞ maxsus xizmatlari turganini ta’kidlagan.

Bu orada AQŞ Maduro rejimini jinoyatçi taşkilot sifatida ta’qib qilişga ham kirişgan edi. 2020 yil mart oyida AQŞ Adliya vazirligi Nikolas Maduro va uning atrofidagi 14 nafar yuqori martabali mansabdor şaxslarga nisbatan giyohvand moddalar savdosi va narkoterrorizm böyiça jinoiy ayblovlar e’lon qilgan.

Ta’kidlaş lozimki, 2023–2024 yillarda Venesuela muammosini tinç yöl bilan hal etiş harakatlari ham kuzatildi. Lekin Donald Tramp hokimiyatga kelişi bilan, keskinlik yana ortdi. Oxir-oqibat 2026 yil 3 yanvarga ötar keçasi Nikolas Maduro va uning rafiqasi Siliya Flores amerikalik harbiylar tomonidan öz qarorgohida qölga olinib, mamlakatdan olib çiqib ketildi. Ular Nyu Yorkda sudlanmoqda.