Uçraşuvda Özbekiston elçisi Ravşan Usmonov hamda MAG kompaniyasining korporativ masalalar böyiça direktori Ris Uolli ikki mamlakat örtasidagi transport aloqalarini rivojlantiriş va «Toşkent – Manchester» yönalişida töğridan töğri reyslarni yölga qöyiş istiqbollarini muhokama qildi.

Britaniya tomoni Manchester aeroporti mamlakatning şimoli va Şimoliy Yevropadagi eng yirik transport-logistika markazlaridan biri ekanini ta’kidladi. Qayd etilişiça, aeroport orqali har yili 32 milliondan ortiq yölovçi harakatlanadi va mavjud infratuzilma bu körsatkiçni kelgusida 70 million nafargaça oşiriş imkonini beradi.

Muzokaralarda Özbekistonda aviatsiya sohasining jadal rivojlanayotgani va mahalliy aviakompaniyalar imkoniyatlari kengayib borayotgani mazkur yönalişni oçiş uçun muhim omil ekani qayd etildi.

Ris Uolli yangi aviaqatnov ikki davlat örtasidagi biznes va turizm aloqalarini mustahkamlaş, şuningdek, Özbekistonning Yevropa bilan tranzit aviaboğliqligini kengaytirişga xizmat qilişini ta’kidladi. Şu bilan birga, u özbekistonlik aviakompaniyalarni qöllab-quvvatlaş va loyihani amalga oşirişda zarur kömak körsatişga tayyorligini bildirdi.

Uçraşuv yakunida tomonlar töğridan töğri aviaqatnovlarni yölga qöyiş bilan boğliq taşkiliy masalalarni hal etiş yuzasidan yaqin hamkorlik qilişga kelişib oldi.