Yevropa uçun Grenlandiyani AQŞ tahdidlaridan himoya qilişning uçta varianti bor: keskinlikni yumşatiş, tiyib turiş yoki prezident Donald Trampni boşqa narsaga çalğitişga uriniş, deb hisoblaydi The Economist. Naşr ma’lumotlariga köra, siyosatçilar şoşilinç ravişda ehtimoliy harakatlar strategiyasini izlamoqda.
Agar AQŞ Grenlandiya ustidan nazorat örnatmasa, buni Rossiya yoki Xitoy amalga oşiradi, degan AQŞ rahbarining xavotirini kamaytirişga uriniş Yevropa Ittifoqining ustuvor vazifasi hisoblanadi.
Yevropalik siyosatçilar Trampning xavotirlarini bartaraf etiş mumkinligini isbotlamoqçi. Xususan, Daniya TIV rahbari Lars Lyokke Rasmussen AQŞ xavotirlari 18 yanvar kuni «yuqori darajadagi işçi guruhda» muhokama qilinişini aytdi.
The Economist naşri bilan suhbatlaşgan ekspertlar Trampning orol xavfsizligi borasidagi xavotirlari börttirib körsatilganini qayd etgan. Avvalroq Bloomberg Germaniya Grenlandiyani öz içiga olgan Arktikani himoya qiliş uçun NATO «Arktika qöriqçisi» qöşma missiyasini tuzişni taklif qilişi haqida xabar bergan edi. Xavotir uçun jiddiy asos yöq, dedi Oslodagi Frityof Nansen instituti Arktika böyiça mutaxassisi Andreas Ostxagen. Grenlandiya atrofidagi suvlar «Rossiya va Xitoy kemalari bilan tölib-toşgani» haqida dalillar juda kam. Avvalroq diplomatlar Trampning da’volari yolğon ekanini ma’lum qilgandi.
Çeklov çoralari sifatida Yevropa yaqinda imzolangan Yevropa Ittifoqi va AQŞ örtasidagi savdo kelişuvining ayrim elementlarini töxtatib qöyişi, şuningdek, Amerika texnologiya kompaniyalariga nisbatan nazorat bosimini kuçaytirişi mumkin. Yanada radikal ğoyalar Yevropadagi AQŞ harbiy bazalarini yopiş yoki AQŞ ğaznaçilik obligatsiyalaridagi Yevropa aktivlarini ommaviy sotişni nazarda tutadi.
Xalqaro aloqalar böyiça Yevropa kengaşining tadqiqotlar böyiça direktori Jyeremi Şapiro Yevropa Ittifoqi bunday çoralarni qabul qiliş uçun köpçilik ovoz töplay olişiga şubha qildi, ularning aksariyati tiyib turişdan köra köproq qasosga öxşaydi. Uning fikriça, Yevropa qöşinlarini Grenlandiyada joylaştiriş va ularni rotatsiya qiliş imkoniyatini körib çiqiş oqilona bölar edi. Yana bir variant - mahalliy hokimiyat ruxsatisiz Grenlandiya resurslarini özlaştiriş bilan şuğullanadigan Amerika kompaniyalariga qarşi sanksiyalar.
Uçinçi variant Tramp şunçaki Grenlandiyadan çalğib, boşqa narsaga ötib ketişiga umid qilişdan iborat. Naşrga köra, orolning kuç bilan bosib olinişini amerikaliklarning atigi 4 foizi qöllab-quvvatlaydi. Bundan taşqari, AQŞ prezidentining bundan ham muhimroq taşvişlari bor: 2026 yil noyabr oyida bölib ötadigan oraliq saylovlar va Erondagi vaziyat.
«Ehtimol, Venesueladagi operatsiyadan keyingi eyforiya yöqolgaç, u öziga boşqa maqsad topadi. Uning qat’iy ritorikasi daniyaliklarni xavfsizlik yoki resurslarni qazib oliş böyiça yon berişga majburlaş uçun möljallangan muzokara usuli bölişi mumkin. Heç bölmaganda, Yevropa şunga umid qilmoqda», deb xulosa qildi The Economist.
15 yanvarga ötar keçasi Trampning Grenlandiyani anneksiya qiliş haqidagi tahdidlari fonida Yevropaning olti davlati, jumladan Fransiya, Germaniya, Şvetsiya va Norvegiya orolga öz qöşinlarini yuborişga qaror qilgani ma’lum böldi. Daniya TIV rahbari Rasmussenning aytişiça, uning mamlakati qöşimça mablağ ajratiş orqali mintaqa mudofaa qobiliyatiga qöşgan hissasini ham oşirdi.












