AQŞ universitetlarida matnli topşiriqlar hajmiga qöyiladigan talablar pasaytirilmoqda, deb yozadi Fortune naşri.YouGov tadqiqotlaridan ma’lum bölişiça, öqiş könikmalarining yöqolişi butun mamlakat böylab umumiy tendensiyaga aylanmoqda. 2025 yil davomida amerikaliklarning qariyb yarmi bitta ham kitob öqimagan, 18–29 yoşlar orasida esa bir yilda öqilgan kitoblar soni örtaça 5,8 tani taşkil etgan.
Naşrning yozişiça, talabalar uzun matnlarni qiynalib öqiydi, ayrimlari esa hattoki birgina gapni ham öqiy olmaydi.
«Bu hatto tanqidiy fikrlaşga layoqatsizlik ham emas. Bu gaplarni öqişga layoqatsizlik. Talabalar kitobni ovoz çiqarib birgalikda öqisak ham sahifada yozilgan sözlarning ma’nosini tuşunişmayapti», — deydi Los-Anjyelesdagi Pepperdayn universiteti professori Jyessika Xuten Uilson.
Muammoning bir qismi test tizimi va maktab ta’limiga borib taqaladi: öquvçilar matnni öqişga emas, balki uni skanerlab internet orqali ma’lumot qidirişga, uqiş uçun emas, natijaga erişiş uçun öqişga örganib qolişgan.












