AQŞ Venesuela prezidenti Nikolas Maduroni öğirlab ketiş çoğida qöllagan “sirli qurol” intensiv tovuş tölqiniga öxşaydi, deb yozadi New York Post.

"Ular nimanidir işga tuşirişdi, buni qanday tasvirlaşni bilmayman. U intensiv tovuş tölqiniga öxşardi. Birdan boşim yorilib ketayotgandek böldi", — degan naşr suhbatlaşgan guvohlardan biri.

Bundan taşqari, NYP xabariga köra, uşbu qurol ta’siriga tuşganlarning burnidan qon kelgan, köngli aynigan va holsizlanib qolişgan.

"Biz yerga yiqildik, qimirlaşga majolimiz qolmadi. Uşbu tovuşli quroldan keyin örnimizdan turolmay qoldik", — degan guvoh.

Avvalroq AQŞ prezidenti Donald Tramp New York Post naşriga bergan intervyusida amerikalik harbiylar Venesuelada sirli quroldan foydalanişganini aytgan, uni "diskombobulyator" deb atagandi.

3 yanvar kuni AQŞ Venesuela poytaxti Karakasga zarbalar berdi hamda prezident Nikolas Maduro va uning rafiqasini mamlakatdan olib çiqib ketdi. Ular hozirda Bruklindagi tergov izolyatorida saqlanmoqda.