Tezkor tadbirlar doirasida Toşkent viloyatining Çinoz tumanida ötkazilgan operatsiya çoğida Bekobod şahrida yaşovçi, 1980 yilda tuğilgan, muqaddam giyohvandlik savdosi uçun sudlangan şaxs şartli xaridorga 200 gramm “gaşiş” moddasini 50 million sömga sotayotgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan qölga olindi.
Tadbir davom ettirilib, uşbu şaxs olingan pul mablağining 6,9 million sömini 1989 yilda tuğilgan hamşahariga bergan paytda u ham uşlandi. Uni tekşiriş jarayonida yonidan 500 gramm “gaşiş” moddasi aniqlandi. Hozirda mazkur şaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Boşqa holatda esa Bekobod tumani hududida Cobalt rusumli avtomaşinada yölovçi sifatida ketayotgan Toşkent şahrida yaşovçi, 1973 yilda tuğilgan şaxsning yonidan 600 gramm “opiy” moddasi topildi. Aniqlanişiça, u mazkur giyohvandlik vositasini Bekobod şahrida istiqomat qiluvçi, 1986 yilda tuğilgan tanişidan 5 ming AQŞ dollari va 5 million sömga sotib olgan.
Tezkor tadbir davomida Bekobod şahridagi narkosavdogarning uyidan 1 kilogramm 47 gramm “opiy” moddasi, şuningdek, uning ikki nafar jinoiy aloqador şaxsidan 335 gramm “opiy” musodara qilindi. Tergov ma’lumotlariga köra, uşbu giyohvandlik vositalari Tojikistondan kontrabanda yöli bilan olib kelingan.
Hozirda gumonlanuvçilarga nisbatan Jinoyat kodeksining 246-moddasi 2-qismi va 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat işlari qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.












