Olmazor tumani hokimi Azizxon Umarxonov içki işlar tizimiga qaytdi. Prezident farmoyişi bilan, u Içki işlar vazirligi Jazoni ijro etiş departamenti boşliği etib tayinlandi. 

Umarxonov 2000 yilda IIV akademiyasini tamomlagan va şundan keyin uzoq yillar tizimda faoliyat yuritgan.

2020 yilda IIV Jamoat tartibini saqlaş boş boşqarmasi boşliği etib tayinlangan; 2021 yil avgust oyida Toşkent şahar Olmazor tumani hokimi sifatida iş boşlagan.

Azizxon Umarxonov

Azizxon Umarxonovning boşqa işga ötkazilişi – prezident Şavkat Mirziyoyevning ötgan hafta Olmazor tumaniga taşrifi, joriy haftada esa içki işlar sohasiga oid yiğiliş ötkazişi fonida röy berdi.

Sönggi yiğilişdan keyin içki işlar vaziriga 4 nafar yangi örinbosar tayinlandi: Rustam Jörayev, Botir Qudratxöjayev, Diyorbek Sattorov va Rustam Mirzayev şular jumlasidan.

Eslatib ötamiz, IIV Jazoni ijro etiş departamentining avvalgi boşliği Rustam Tursunov 2025 yil noyabr oyida Bekmurod Abdullayev bilan bir kunda işdan olingan edi. Kuni keça Kun.uz öz manbasiga tayanib ularning ikkisi ham qamoqqa olingani haqida xabar bergandi.