Riga şahri Xalqaro aeroportida Fly Khiva aviakompaniyasi tomonidan Toşkent – Riga yönalişi böyiça yuk taşuvçi aviareyslarni yölga qöyişga bağişlangan tadbir taşkil etildi. Tadbir doirasida aviakompaniyaning Latviya poytaxtiga birinçi yuk havo kemasi tantanali kutib olindi.

Marosimda Latviya transport vaziri örinbosari Andulis Jidkovs, Riga aeroporti direktori Laila Odinya, Poçta direktori örinbosari Girs Rudzins hamda Bojxona xizmati rahbari Raimonds Zukus iştirok etdi.

Qayd etilişiça, 2024 yil may oyida Özbekistonning Latviyadagi elçixonasi kömagida Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga eksport hajmini oşiriş doirasida Fly Khiva aviakompaniyasi boş direktori Dilşod Xöjayev boşçiligidagi delegatsiyaning Latviyaga taşrifi taşkil etilgan va yuk havo qatnovlarini yölga qöyiş böyiça amaliy işlar boşlangan.

Latviya tomonining ma’lumotiga köra, yangi aviayönalişning oçilişi Özbekiston va Latviya örtasida transport-logistika sohasidagi hamkorlikni rivojlantirişda muhim qadam bölib, Markaziy Osiyo va Yevropa Ittifoqi örtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarni mustahkamlaşga xizmat qiladi.

Latviya transport vaziri örinbosari A.Jidkovs Toşkent va Riga örtasidagi töğridan töğri yuk aviaqatnovlarining joriy etilişi Özbekistonning Markaziy Osiyodagi muhim logistika markazi sifatidagi örnini yanada mustahkamlaşini ta’kidladi.

Ma’lum qilinişiça, Fly Khiva aviakompaniyasi Toşkent – Riga yönalişi böyiça yuk reyslarini haftasiga bir marta muntazam amalga oşirişni rejalaştirmoqda. Taşilayotgan yuklarning asosiy qismini Özbekistonning Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga möljallangan eksport mahsulotlari, poçta va tijorat jönatmalari, şuningdek, Xitoyning TEMU, AliExpress va boşqa xalqaro elektron savdo platformalari orqali berilgan buyurtmalar taşkil etişi kutilmoqda.