28 fevral kuni Fors körfazi va Yaqin Sharq mamlakatlarida 260dan ortiq reys bekor qilindi, deb xabar berdi ATOR Cirium tahliliy kompaniyasi ma’lumotlariga tayanib.

Xabar qilinişiça, eng köp BAA aviaqatnovlari jabr körgan. Kun örtasiga kelib yuzga yaqin aviareys bekor qilingan va bu raqam ösmoqda. Isroil aeroportlarida kamida 40ta reys bekor qilingan, şuningdek, Qatar, Saudiya Arabistoni, Iordaniya, Bahrayn, Ömon, Iroq aeroportlarida ham aviaqatnovlar töxtatilgan.

Mintaqa “qaynoq nuqta”ga aylangani bois qator aviakompaniyalar, jumladan Emirates, flydubai, Qatar Airways, Air India parvozlarni töxtatdi.

Dubay xalqaro aeroporti va Ol-Maqtum aeroporti faoliyati töxtatildi, deb xabar bergan Dubai Airports. Reyslar qabul qilinmayapti va parvoz qilmayapti, yölovçilardan aeroportlarga kelmaslik söralgan.

Şuningdek, Ömon poytaxti Maskatdagi aeroport ham yopilgan.

Uzbekistan Airports'ga köra, bir neçta aviareyslar ortga qaytişga majbur bölgan. Jumladan, Andijon – Madina yönalişida uçgan reys (Fly One Asia) Andijon aeroportiga, Toşkent – Dubay yönalişidagi reys (Qanot Sharq) Toşkent aeroportiga qaytdi.

Madina – Toşkent (Fly One Asia), Madina – Andijon (Fly Khiva) yönalişida uçgan samolyotlar Madina aeroportiga, Jidda – Toşkent yönalişida uçgan samolyot (Air Samarkand) Jidda aeroportiga qaytdi.